Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyada ikki poyezd to‘qnashuvi oqibatida 60 ga yaqin odam jabr ko‘rdi
14 iyul kechki payt Chexiya poytaxti Praga yaqinida yo‘lovchi va yuk poyezdlari to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida 60 ga yaqin odam jabr ko‘rgan.
Associated Press axborot agentligining xabar berishicha, to‘qnashuv Pragadan sharqda joylashgan Cheski-Brod stansiyasi yaqinida yuz bergan. Ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchi poyezdi bir joyda turgan yuk poyezdiga kelib urilgan.
Jarohatlanganlar shifoxonalarga olib borilgan. Ayni vaqtda Pragani Chexiyaning sharqi bilan bog‘lovchi temir yo‘l izlari yopib qo‘yilgan. Voqea sababi tergov qilinmoqda.
7 iyulda ham Chexiyaning Karlovari o‘lkasida ikki poyezd to‘qnashuvi yuz bergan. O‘shanda 3 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohat olgan. Ta'kidlanishicha, poyezdlar noma'lum sababga ko‘ra bir iz bo‘ylab bir-biriga qarab kelgan.
Mavzuga oid
12:30 / 23.05.2025
Chexiya jurnalist Farida Qurbongaleyevani Rossiyaga topshirishdan bosh tortdi
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
23:16 / 21.05.2025
Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi
15:26 / 21.05.2025