Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xitoy – Markaziy Osiyo» tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi o‘tkaziladi
Ertaga, 16 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tadigan «Xitoy – Markaziy Osiyo» birinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Van I, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov ham qatnashadi.
«Videokonferensiya chog‘ida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash borasidagi munosabatlarni mustahkamlashning dolzarb masalalarini hamda iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish mexanizmlarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan», – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 30 iyun kuni «Markaziy Osiyo – AQSh» (C5+1) formatidagi uchrashuv videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan, unda beshta respublika diplomatiyalari rahbarlari va AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo qatnashgan edi.
Uchrashuvda Abdulaziz Komilov Orolbo‘yini innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish bo‘yicha sa'y-harakatlarni faollashtirishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025