Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikadagi ilk Olimpiada o‘yinlari boshqa sanaga ko‘chirildi
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) va Senegal hukumati o‘smirlar o‘rtasidagi 2022 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarini boshqa sanaga ko‘chirish haqida kelishib olishdi.
XOQ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, musobaqa 2026 yili Senegal poytaxti Dakar shahrida o‘tkaziladi.
Bunday qaror Senegal prezidenti Maki Sall iltimosiga ko‘ra qabul qilindi. Afrikadagi ilk Olimpiada o‘yinlarining ko‘chirilishiga koronavirus pandemiyasi oqibatida kelib chiqqan salbiy holatlar sabab bo‘ldi.
Bundan tashqari, 2020 yilgi Tokio Olimpiadasining 2021 yilga ko‘chirilishi, 2022 yilda esa Pekinda qishki Olimpiada o‘yinlarining o‘tkazilishi ham bu qarorning qabul qilinishiga ta'sir qildi. XOQ qisqa vaqt ichida bir necha yirik musobaqalarning o‘tkazish imkoniyati cheklangan deb hisobladi.
O‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiadaning ko‘chirilishi haqidagi qaror XOQ ijroqo‘mi tomonidan ma'qullandi va 17 iyul kuni XOQ sessiyasida qabul qilinadi.
O‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiada o‘yinlari 2010 yildan beri o‘tkazilmoqda. Dastlabki musobaqa Singapurda bo‘lib o‘tdi. Keyinchalik, o‘yinlarni Xitoyning Nankin (2014) va Argentinaning Buenos-Ayres (2018) shaharlari qabul qildi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
16:55 / 11.04.2025
2028 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ayol sportchilar birinchi marta ko‘pchilikni tashkil qiladi
08:42 / 22.03.2025
XOQ rahbari harbiy mojarolar tufayli o‘yinlardan chetlatishga qarshi chiqdi
23:37 / 20.03.2025