Jahon | 22:32 / 16.07.2020
5510
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya rossiyalik xakerlarni Covid-19’ga qarshi vaksina to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘g‘irlashga urinishda aybladi

Qayd etilishicha, APT29 xakerlik guruhi «intellektual mulk»ni o‘g‘irlash maqsadida hukumat, diplomatik, tahliliy, tibbiy va energetika obektlariga tez-tez hujumlar uyushtiradi.

Buyuk Britaniya kiberxavfsizlik milliy markazi (NCSC) rossiyalik xakerlarni Britaniyaning Covid-19ga qarshi ishlab chiqayotgan vaksinasi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘g‘irlashga urinishda aybladi.

Ta'kidlanishicha, NCSC Kanada kommunikatsiya xavfsizligi markazi bilan birgalikda hujumlar ortida «deyarli Rossiya maxsus xizmatlari tarkibiga kiradigan» APT29 xakerlik guruhi turganini aniqlagan.  

APT29 2020 yil davomida Kanada, AQSh va Buyuk Britaniyadagi Covid-19ga qarshi vaksina ishlab chiqishda ishtirok etayotgan turli tashkilotlarga hujum uyushtirgan.   

Qayd etilishicha, APT29 «intellektual mulk»ni o‘g‘irlash maqsadida hukumat, diplomatik, tahliliy, tibbiy va energetika obektlariga tez-tez hujumlar uyushtiradi.

Buyuk Britaniya rossiyalik xakerlar Covid-19ga qarshi vaksina to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘g‘irlashga uringanlikda gumon qilayotgani haqida 4 may kuni The Guardian xabar qilgandi.

Avvalroq Buyuk Britaniya vazirlar mahkamasi Rossiya 2019 yil dekabrda bo‘lib o‘tgan Britaniya parlamentiga saylovlar natijasiga ta'sir ko‘rsatishga uringanligini ta'kidlagandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid