Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantin qoidalariga qat'iy rioya etsak, xavfni yengish osonroq bo‘ladi – Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi aholiga murojaat qildi
Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashev tuman aholisiga murojaat qildi.
«Hurmatli Mirzo Ulug‘bek tumani fuqarolari, ayni paytda tuman aholisining barcha savollariga javob berish uchun (71) 208-72-55 raqami ishlamoqda. Bundan tashqari, Mirzo Ulug‘bek tumanining 4ta sektorida ham alohida call-markazlar tashkil etildi», deya ma'lumot berdi tuman hokimi.
Uning qayd etishicha, uyda davolanayotgan fuqarolarning holidan xabar olish uchun tuman oilaviy poliklinikalari mutasaddilari doimiy tartibda ishlamoqda.
«Tushkunlikka tushmagan holda karantin qoidalariga qat'iy rioya etsak, xavfni yengish osonroq bo‘ladi. Sizlarga odam ko‘p to‘planadigan bozorlar va yirik savdo markazlarida masofani saqlashingizni, tungi paytlarda ko‘p qavatli uylar hovlisida to‘planmasliklaringizni tavsiya qilaman», dedi tuman hokimi murojaatda.
Mirzo Ulug‘bek tumani sektorlarida tashkil qilingan maxsus telefon raqamlari:
1-sektor: (71) 265-34-74
2-sektor: (71) 231-82-62
3-sektor: (71) 236-17-91
4-sektor: (71) 260-17-23
Mavzuga oid
08:55 / 12.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli turar joy qurish uchun berilgan xulosa sudda bekor qilindi
16:51 / 24.04.2025
Toshkentda kamera yo‘q xonada bolani urgan bog‘cha xodimi ishdan olindi
11:37 / 22.04.2025
Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi 30 maygacha yopiladi
15:58 / 18.04.2025