Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko YeOIIda muammolar yetarlicha ekanligini aytdi
Belarus prezidentining so‘zlariga ko‘ra, YeOII doirasidagi ko‘plab kelishuvlar bajarilmayapti.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko YeOIIda muammolar ko‘pligini, aksariyat kelishuvlar bajarilmaganini aytdi.
"Kelishilgan narsalar bajarilmaganligi nuqtai nazaridan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida muammolar juda ko‘p. Buning ustiga, to‘siqlar ham yetarli. To‘siqlar sababli davlatlararo chegaralar shu darajaga kelib qolganki, biznes: "Davlatlar o‘rtasida chegara o‘rnatinglar, bizga shunisi osonroq bo‘ladi" deydi. Chegara go‘yoki yo‘qdek, ammo chegaradagi musodaralar, zo‘riqishlar ortig‘i bilan", - dedi Lukashenko Minskda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv chog‘ida.
U Belarus va Armanistonning YeOII faoliyati bilan bog‘liq umumiy muammolari borligini qayd etdi.
"Bizning iqtisodiyotlarimiz deyarli bir xil, biz iqtisodiyotning real sektoriga tayanamiz, bizda boshqa hamkasblarimizdagi kabi uglevodorodlarning ulkan zaxirasi yo‘q. Narxlar tushib ketganida bizga qiyin bo‘ladi: Qozog‘iston va Rossiya katta imkoniyatlarga ega, bizda bu imkoniyatlar yo‘q", - dedi Belarus prezidenti.
Iyunda Qozog‘iston bilan chegarada to‘planib qolgan yuzlab Qirg‘iziston yuk mashinalari bilan bog‘liq vaziyat sababli Bishkek Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasidagi vakillarini chaqirib olishga va hatto YeOIIda ishtirok etishini savol ostiga qo‘yishga ham tayyorligini bildirgandi.
Mavzuga oid
19:45 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz
07:09 / 14.12.2024
Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari kengashi majlisida qatnashdi
14:38 / 07.11.2024