Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Og‘riqni unutasiz», «Butun oila uchun»... - Dorilar reklamasida qo‘llash noo‘rin bo‘lgan jumlalar sanab o‘tildi
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi dori-darmon vositalari reklamasidagi ba'zi kamchiliklarni ma'lum qildi.
Unda aytilishicha, dorilar reklamasida quyidagilar kabi so‘z va jumlalardan foydalanish mumkin emas:
«№1», «Eng yaxshi», «Faqat», «Haqiqiy», «Faqat bizda», «Eng aniq», «Ekologik toza», «100 foiz kafolat», «Jahon andozalariga to‘liq mos», «Hamma talablarga to‘liq javob beradi», «Juda sifatli», «Samarasi isbotlangan», «100 foiz natija», «Ishonchli davo», «Aks ta'sirlari yo‘q», «Maqbul tanlov», «Barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan», «Eng oxirgisi», «Har jihatdan davo», «Maqbul qaror», «Dunyoda yetakchi», «Eng ishonchli», «Eng oxirgi avlod preparati», «O‘xshashi yo‘q», «Aks ta'siri juda kam», «Og‘riqni unutasiz», «Butun oila uchun», «Noyob tarkib» va shu kabilar.
«Bunday jumlalar reklama qilinayotgan mahsulotni bo‘rttirib, foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan holat hisoblanadi», – deyiladi agentlik xabarida.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:31 / 28.04.2025
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi
21:39 / 22.04.2025