Jahon | 11:27 / 17.07.2020
15316
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada virusdan zararlanish holatlari soni 2 milliondan oshdi. AQShda yangi antirekord

Foto: Reuters

Hindistonda koronavirus yuqtirganlar soni 1 milliondan oshdi. Oxirgi bir sutka davomida mamlakatda 35 ming kishida virus aniqlandi va Worldometers ma'lumotiga ko‘ra, Hindistonda koronavirus aniqlanganlar soni 1 million 5 ming 637 kishini tashkil qilmoqda.

Shu tariqa dunyoda virus yuqtirganlar soni milliondan oshgan davlatlar soni uchtaga yetdi. Oldinroq AQSh va Braziliya millionlik dovondan o‘tgandi. Oxirgi bir kun davomida Braziliyada 43 mingta yangi holat aniqlandi va bu mamlakatda virus yuqtirish holatlari 2 milliondan oshdi. Hozirgacha Braziliyada 2 million 14 ming 738 kishi virus yuqtirgan.

Oxirgi bir sutkada kunlik o‘sish AQShda yana rekord darajada yuqori bo‘ldi – 73 388. Okean ortida kasallanganlar soni 3,7 millionga yaqinlashdi. Shuningdek, JARda ham kunlik o‘sish 10 mingdan yuqori bo‘ldi (13 172). Eng ko‘p kunlik o‘lim Braziliya (1 299), AQSh (963) va Hindistonda kuzatildi. Butun dunyoda virus yuqtirganlarning umumiy soni esa 13 million 937 mingdan ko‘proqni tashkil etmoqda.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid