Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada kunlik o‘sish nisbatan past bo‘lmoqda
O‘tgan bir kun davomida butun dunyoda 250 mingga yaqin odam virus yuqtirdi. Shundan 85 mingga yaqini Shimoliy Amerikada (AQSh hisobiga), 63 mingdan ortig‘i Osiyoda, 65 mingga yaqini Janubiy Amerikada, 20 mingdan ortig‘i Afrikada va 324tasi Okeaniya mintaqasida qayd etildi. Aholi juda zich yashaydigan Yevropa qit'asida esa kunlik o‘sish 14 mingdan ko‘proq bo‘ldi.
Oxirgi bir necha kunda ko‘hna qit'ada aynan 14 ming atrofidagi kunlik o‘sish saqlanib turibdi. Kasallanganlarning deyarli yarmi Rossiya (6 428) va Ispaniya (1 361) hissasiga to‘g‘ri kelgan. Qit'a bo‘yicha yuqori o‘sish shuningdek, Ukraina (848), Ruminiya (777), Britaniya (641), Germaniya (584) va Fransiyada (534) qayd etildi.
Kunlik o‘sish baland bo‘lgan yuqori o‘ttiztalikda faqat ikkita Yevropa mamlakati bor: Rossiya va Ispaniya. Yuqori o‘ttiztalikda eng ko‘p Amerika va Osiyo qi'asi davlatlari o‘rin olgan.
Yevropada kunlik o‘limlar soni 398tani tashkil etgan. Bu borada qit'ada eng yuqori ko‘rsatkich Rossiyada (167ta). Shuningdek, Britaniyada ham kunlik o‘limlar soni 50tadan ko‘p bo‘lgan (66). Qolgan Yevropa davlatlarida bir kun davomida 1tadan 20tagacha o‘lim qayd etilgan.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022