Barcha tug‘ruq klinikalari ochiladi – Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi
Bugundan boshlab barcha tug‘ruq klinikalari ish faoliyatini boshlaydi. Tug‘ruqxonalarga murojaat qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarga o‘z yashash hududi bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi.
Bugun, 18 iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtab a'zosi Feruza Hamroboyeva bir qator yangiliklarni ma'lum qildi.
«Hozirgina Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha hukumat komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tug‘ruq klinikalari faoliyati ham muhokama qilindi. Va bugundan boshlab hamma tug‘ruq klinikalari ish faoliyatini boshlaydi», - dedi Feruza Hamroboyeva.
Uning qayd etishicha, tug‘ruqxonalarga murojaat qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarga o‘z yashash hududi bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari, shtab a'zosi koronavirusni simptomsiz yoki yengil formada o‘tkazayotgan uyda davolanayotgan bemorlar uchun har bir oilaviy poliklinikada mobil guruhlar tashkil etilganini aytib o‘tdi.
«Mobil guruhlar tarkibiga umumiy amaliyot shifokori, infeksionist va epidemiolog kiritilgan. Bu mutaxassislar tomonidan nafaqat COVID-19’dan davolanayotgan bemor, balki uning oila a'zolari ham nazoratga olinadi. Kuni kecha uyida davolanayotgan bemorlar uchun bepul yetkazib beriladigan dori vositalari tasdiqlandi. Hozir bu jamlanmaning soni 50 mingtani tashkil qiladi va ular umumiy amaliyot shifokori tomonidan bemorlarga tarqatiladi», - deya ma'lumot berdi Feruza Hamroboyeva.
Avvalroq Feruza Hamroboyeva «COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari to‘plami» bilan ham batafsil tanishtirgandi.
Ma'lumotga ko‘ra, mazkur to‘plamdan o‘rin olgan dorilardan biri – gidroksixloroxin. U bitta konvalutadan tashkil topgan va har bir tabletka 200 mg.dan. Gidroksixloroxin dori vositasi kuniga 2 mahal bitta tabletkadan ovqat vaqtida qabul qilinadi. Dorini qabul qilish davomiyligi 2 kundan 5 kungacha hisoblanadi.
Keyingi dori vositasi azitromitsin sanaladi. Bu dori makrolidlar guruhiga kiradi. Makrolidlar esa antibakterial vositalarga mansub va ancha kuchli ta'sirga ega. Azitromitsin ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 2 soat keyin kuniga bir mahal 500 mg 3-5 kun davomida qabul qilinadi. Azitromitsinning bitta tabletkasi dozasi 250 mg., bu bolalar uchun tavsiya etilgan doza hisoblanadi. Shuning uchun katta yoshdagilar azitromitsinni 2ta tabletkadan qabul qiladi.
To‘plamdagi keyingi dori – paratsetamol. Uni faqatgina isitma tushirish uchun emas, balki og‘riq qoldirish uchun ham iste'mol qilish mumkin. Koronavirus bemorlari uchun esa paratsetamol tana harorati ko‘tarilganida kuniga bir mahal to‘q qoringa ichish tavsiya qilinadi. Agar dori to‘q qoringa ichilmasa, oshqozon shilliq qavatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.
Bundan tashqari, uyda davolanayotgan bemorlarga kukun shaklidagi S vitamini – askorbinka ham beriladi. Bu vitamin organizmning kasallikka qarshi kurashuvchanligini oshiradi. Vitaminni suvda eritib, kuniga bir necha marta ichish mumkin
Mavzuga oid

10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi

22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan

18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda

18:02 / 03.05.2022