Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«3 kunda 36 mingta qo‘ng‘iroq bo‘ldi» - Toshkentda yangi koll-markaz va situatsion markazlar ish boshladi
Mart oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19 masalalari bo‘yicha fuqarolar murojatlariga javob berish uchun 1003 koll-markazini tashkil etgan edi.
Markazga Toshkent shahridan tushayotgan murojaatlarning ko‘pligi hisobga olinib, vazirlik va poytaxt hokimligi 13 iyuldan boshlab COVID-19 masalalari bo‘yicha fuqarolar murojatlariga javob berish uchun 1003 koll-markazi negizida alohida 1105 koll-markazi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Biz Toshkent shahar yoshlar ittifoqi binosida bo‘lib, 1105 markazi ish jarayoni bilan tanishdik.
Koronavirusga qarshi kurash shtabining koll-markazlar bo‘yicha mas'ul xodimi Kamolxo‘ja Eshnazarov Toshkent shahri aholisi uchun alohida tashkil etilgan 1105 koll-markazi va Situatsion aloqa markazi haqida axborot berdi.
«Markazda sutka davomida 120 nafar xodimning navbat asosida ishlashi tashkil etilib, jami 240 nafar xodim safarbar qilingan.



Bugungi kunda COVID-19 masalalari bo‘yicha fuqarolar murojaatlariga javob berish uchun tashkil etilgan koll-markazlarida jami 510 nafar oliy tibbiy ma'lumotga ega tibbiyot oliy o‘quv yurtlari, tibbiyot kollejlari professor-o‘qituvchilari va malakali mutaxassislar jalb qilingan.
1105 koll-markaziga 16 iyulgacha 36 317ta murojaat bo‘ldi», – dedi Eshnazarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 13 iyulda Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi qoshida Situatsion aloqa markazi va har bir tibbiyot muassasalarida aloqa liniyalari tashkil etilgan.



Situatsion aloqa markazi 1003 va 1105 koll-markazlariga fuqarolar tomonidan bo‘layotgan murojaatlar asosida hududlardagi poliklinikalarda tashkil etilgan mobil guruhlar bilan hamkorlikda koronavirus bilan kasallangan bemorlarni erta aniqlash, ularning holatini baholash va zarur hollarda statsionar davolash uchun tibbiyot muassasalariga yo‘naltirish bilan shug‘ullanmoqda.
Ma'lum qilinishicha, uch kun davomida Situatsion aloqa markazi tomonidan 540ta holat bo‘yicha fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Muhabbat Ma'mirova, Kun.uz muxbiri
Tasvirchi – Otaxon Yusupov
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024