Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda onlayn shaxmat musobaqasi boshlanmoqda. Bosh sovrin – «Spark»
Bugun, 20 iyuldan «Uyda qol – g‘alaba qozon» shiori ostida o‘tkaziladigan shaxmat bo‘yicha onlayn O‘zbekiston musobaqasi start oladi.
Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda.
Onlayn shaxmat musobaqasida qatnashish uchun www.chess.com saytida «O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi» klubiga a'zo bo‘lish talab etiladi.
Saralash o‘yinlarida g‘olib chiqqanlar 20 dekabr kuni Toshkentda o‘tkaziladigan Grand Final ishtirokchisiga aylanadi.
Bosh sovrin – hamkorlar tomonidan taqdim etilgan «Spark» avtomobili.
Saralash o‘yinlariga 20 iyuldan start beriladi. O‘yinlar har kuni soat 20:00da boshlanadi. Musobaqa shveysarcha tizimda blits yo‘nalishida o‘tkaziladi.
Grand Final`ga har bir turnirdan eng yaxshi 10 nafar ishtirokchi saralab olinadi. 20 dekabrga qadar jami 50ta saralash turniri o‘tkaziladi va eng kuchli 500 nafar ishtirokchi tanlab olinadi.
Grand Final`da ishtirok etish uchun saralab olingan shaxmat ishqibozlari boshqa turnirlarda ishtirok eta olmaydi. Turnirda faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashishlari mumkin.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Mavzuga oid
17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
20:52 / 26.03.2025
Ukrainalik grossmeyster g‘irromligi uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
11:56 / 28.02.2025
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi
00:38 / 11.02.2025