O‘zbekiston | 11:00 / 20.07.2020
10471
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Turonbankning zamonaviy Bank xizmatlari ofisi yana 10 taga ko‘paydi!

Foto: Turonbank

Jahon amaliyotidan yaxshi ma'lumki, eng yirik va mijozlar bazasining kattaligi bilan nom qozongan kompaniyalarning afzallik jihatlari, xizmat ko‘rsatishdagi minimallashuv va tezkorlikdir. Ya'ni, taqdim etilayotgan yangiliklar eng chekka hududlargacha yetib borishi va odamlar turmush tarzining yengillashishiga hissa qo‘shishi kerak. O‘z mijozlariga yaxshisini taqdim etishga odatlangan Turonbank ham ayni shu jihatni inobatga olgan holda, Respublikamizning barcha hududlarida o‘zining zamonaviy, ixcham va samarador yangi “Bank xizmatlari ofis”larini bosqichma – bosqich tashkil etib, o‘z filiallari geografiyasini kengaytirib bormoqda.

Hozirga qadar xalq xizmatiga shunday ofislarning 44 tasi topshirilgan bo‘lsa, kuni kecha ularning safiga yana 10 tasi qo‘shildi. Xususan, bular Buxoroda “Samoniy”, Navoiyda “Qiziltepa”, Samarqandda “Bog‘isaroy”, Shahrisabzda  “Chorshanbe”, Farg‘onada “Nurxon”, Toshkent viloyatida “Ohangaron” va Toshkentda “Ahmad Donish”, “Toshkent”, “Qushbegi” va “Do‘rmon”filiallaridir. Rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitiga tayyor bo‘lgan mazkur ofislar, aholining har qanday talabiga to‘liq javob berib, vaqt va mablag‘ning ortiqcha sarflanishiga chek qo‘yishi bilan ahamiyatlidir.

Ushbu hududlarda aholi zich joylashganligi va ko‘plab maishiy hamda xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyat olib borishini inobatga olsak, mazkur ofislarning ish boshlagani, ham tadbirkorlar, ham oddiy odamlar uchun ayni muddao bo‘lganligini bilish mumkin. Sababi, endi birgina shu ofisning o‘zida Turonbank taklif etayotgan barcha xizmatlardan tez va sifatli foydalanish mumkin.

Bundan tashqari, “Face ID” texnologiyasi orqali avtomatik indentifikatsiyalash tizimi ham joriy etilgan va ofislarning yangi mijozlari uchun maxsus “Ofis” nomli tarif rejasini ham ishlab chiqildi. Unda “debet” aylanmadan undiriladigan xizmat haqi hisob raqam ochilgan sanadan e'tiboran bir yil davomida bepul etib belgilangan.

Moliyaviy yumushlaringizni Turonbank bilan hal qiling!

Call-center: (+998 95) 144-60-00

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid