Jahon | 15:32 / 22.07.2020
4427
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda 2020 yil oxirigacha Boeing-737 MAX parvoziga ruxsat berilmaydi

Ikkita aviahalokatdan so‘ng 2019 yil martda butun dunyo bo‘yicha 737 MAX samolyotlari parvozi to‘xtatilgandi.

Foto: Elaine Thompson/AP

Boeing-737 MAX samolyotlari parvoziga 2021 yil boshigacha ruxsat berilmaydi, deb yozadi The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib. 

 Gazetaning qayd etishicha, AQSh fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi (Federal Aviation Administration, FAA) samolyotning dasturiy ta'minoti va qurilmalaridagi o‘zgarishlarni tasdiqlashdan oldin manfaatdor tomonlarning fikrini so‘rashga qaror qilgan. Regulyator oktyabr oxiri – noyabr boshlarigacha Boeing-737 MAX parvoziga qo‘yilgan taqiqni bekor qila olmaydi, deb yozadi nashr.

 Uchuvchilarni tayyorlash va laynerlarning texnik holatini tekshirish ishlari dekabr oxirigacha cho‘zilishi kutilmoqda. Shundan keyingina laynerlar uchishiga ruxsat beriladi.

 Ikkita aviahalokatdan so‘ng 2019 yil martda butun dunyo bo‘yicha 737 MAX samolyotlari parvozi to‘xtatilgandi. 2018 yil oktyabrda Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasiga qarashli samolyot qulashi oqibatida 189 kishi qurbon bo‘lgandi. 2019 yil martda Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 MAX samolyoti quladi va 157 kishi halok bo‘ldi. Halokatlarga samolyot dasturiy ta'minotidagi xatolar sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid