Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlarda pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Shaxsni nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan, o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish esa, pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2020 yil 22 iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qildilar.
Parlament quyi palatasining avvalroq – 2020 yil 3 iyunda bo‘lib o‘tgan majlisida deputatlar ushbu qonun loyihasining ayrim normalariga aniqlik kiritish, bahsli normalarni maromiga yetkazish maqsadida loyihani mas'ul qo‘mitaga qaytargan edilar. O‘tgan vaqt davomida ishchi guruh a'zolari mutasaddi vazirlik vakillari, mutaxassislar ishtirokida majlisda bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida qonun loyihasini maromiga yetkazdilar.

Ta'kidlanganidek, hozirda amalda bo‘lib turgan qonunda nogironligi bo‘lgan shaxslarning tengligini ta'minlash va kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, harakat erkinligi va fuqarolik huquqi, yaratilgan sharoitlarning qulayligi, uy-joyga bo‘lgan huquqi kabi bir qator masalalar to‘liq qamrab olinmagan.
Yangi tahrirdagi qonun loyihasida ana shu masalalarni qamrab olish barobarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay jismoniy muhit – binolar, transport, axborot va aloqalardan foydalanish imkoniyatini yaratish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy muhit, sog‘liqni saqlash va ta'lim xizmatlarining turli xildagi turlaridan foydalanish uchun imkoniyatlar yaratishni ko‘zda tutuvchi normalar aks etyapti.
Shuningdek, loyiha bilan shaxsni nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan, o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish esa, pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, respublika hududlarida pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Qonun loyihasidagi normalarda reabilitatsiyaning barcha turlari, reabilitatsiyaning maqsad va vazifalari ochib berilgan.
Deputatlar ta'kidlashicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
13:24 / 15.03.2025
O‘zbekiston va Finlandiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
12:30 / 26.10.2024
Kinematografiya milliy komissiyasining vazifalari belgilandi
13:30 / 09.10.2024
Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish davlat komissiyasi vakolatlari belgilandi
22:26 / 24.08.2024