Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Shifokor 1 oydan beri uyiga bormay ishlamoqda» - Qobil Tursunov Navoiy viloyati aholisiga murojaat qildi
Navoiy viloyati hokimi hudud aholisiga murojaat qilib, fuqarolarni karantin qoidalariga amal qilishga, vaziyatga to‘g‘ri baho berishga chaqirdi.
«Bugun har bir navoiylikdan vahimaga berilmagan holda karantin qoidalariga rioya qilishlarini so‘rayman. Hozir shifokorlar yozning jazirama kunlarida 3-4 qavatli himoya kiyimlarida 24 soatlab ishlamoqda. Bunday shifokorlarning qanchasini misol qilib keltirish mumkin.
Masalan, Zarafshon tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi boshlig‘i oliy toifali shifokor Galiya Tayimbetova shunday fidoyilardan biri hisoblanadi. 59 yoshli Galiya opa bir oydan ortiq vaqt mobaynida uyiga bormasdan qanchadan qancha odamlarning hayotini saqlab qoldi», dedi Qobul Tursunov.
Viloyat hokimi mana shunday vaziyatda odamlar ehtiyotkor bo‘lishlari kerakligi, har bir insonga koyka o‘rinlari yetmasligini eslatdi.
«Ko‘pning ichida yuraman. Har kuni oddiy mehnatkashdan tortib ziyoligacha vaksina qachon yaratilishini va kasallik qachon yo‘qolishini so‘rashadi. Lekin men ham ulardan kasallik yo‘qolishi uchun o‘zlari nima qilishayotganini so‘rayman.
«Biz nima ham qila olar edik», degan javobni eshitaman. Lekin hamma o‘zini izolyatsiya qilib, karantin qoidalariga amal qilishi, ziyofatbozlikning oldini olishi, keraksiz vaqtlarda ko‘chaga chiqmasliklari mumkin», deya qayd etgan viloyat hokimi.
Mavzuga oid
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda
18:28 / 01.05.2025
Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi
16:51 / 02.04.2025