Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy bandlik agentliklari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun olinadigan haq miqdori aniq qilib belgilanadi
Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligiga xususiy bandlik agentliklari faoliyatini ularning moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda tekshirish vakolati berilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida xalq vakillari sohani huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan — “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda atroflicha muhokama qildilar.
Ta'kidlanganidek, amaldagi qonunda xususiy bandlik agentliklari tomonidan fuqarolarga ishga joylashtirish sohasida ko‘rsatilgan axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘lanadigan haq miqdorining aniq chegarasi belgilanmaganligi ular tomonidan ushbu tyrdagi xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha turli miqdordagi summalarning belgilanishiga sabab bo‘lmoqda.
Shuningdek, xususiy bandlik agentliklari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatga olish va ularning bajarilishini nazopat qilish hamda monitoringini amalga oshirishning shaffof mexanizmi mavjud emas. Mazkur omillar ularning faoliyati to‘g‘risida aniq va haqqoniy ma'lumotlar olish va tahlil qilishga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasida xususiy bandlik agentliklari tomonidan ko‘rsatiladigan axborot va maslahat xizmatlari uchun olinadigan haq miqdori aniq qilib belgilanmoqda. Faoliyatning shaffofligini ta'minlash maqsadida xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarni real vaqt rejimida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tkazish lozimligi ko‘rsatib o‘tilmoqda.
Mamlakatdan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarga zarur paytda vakolatli organlar bilan bog‘lanishga doir axborot-ma'lumotlar almashish tizimini yo‘lga qo‘yish masalasi ham qonun loyihasida o‘z aksini topmoqda. Loyihada Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligiga xususiy bandlik agentliklari faoliyatini ularning moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda tekshirish vakolati berilmoqda.
Deputatlarning fikricha, kiritilayotgan o‘zgartishlar ish qidirayotgan shaxslar va ularning taqdiri haqidagi ma'lumotlarning reallashishiga, aldanishlarning kamayishiga xizmat qiladi. Shuningdek, xususiy bandlik agentliklari faoliyatining shaffofligi ham ta'minlanadi.
Mavzuga oid
12:17 / 23.05.2025
Xususiy bandlik agentliklariga bir qator huquqlar berish taklif etilmoqda
12:21 / 17.03.2025
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
19:08 / 12.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
18:23 / 26.08.2024