O‘zbekiston | 11:37 / 23.07.2020
12370
2 daqiqa o‘qiladi

Yilning 6 oyi davomida 14-17 yoshli qizlar orasida 84ta erta tug‘ruq holati qayd etildi

Ushbu salbiy holat 2019 yilning shu davriga nisbatan Toshkent shahrida 22,2 foizga oshgan.

Foto: Vida Press

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan 13-17 yoshli o‘smir qizlar orasida erta tug‘ruq holatlari tahlil qilindi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, joriy yilning 6 oyi davomida 13 yoshli qizlar o‘rtasida erta tug‘ruq holatlari qayd qilinmagan.

Lekin, 14-17 yoshli o‘smir qizlar orasida 84ta tug‘ruqlar qayd etildi. 

Xususan:

Toshkent viloyatida – 22 ta, 
Samarqand viloyatida – 11 ta, 
Toshkent shahrida – 9 ta, 
Jizzax viloyatida – 7 ta, 
Farg‘ona viloyatida – 6 ta, 
Andijon viloyatida – 5 ta, 
Qashqadaryo viloyatida – 4 ta, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida –  3ta, 
Buxoro viloyatida – 3 ta, 
Sirdaryo viloyatida – 2 ta, 
Surxondaryo viloyatida – 1 ta
Namangan viloyatida – 1 tadan erta tug‘ruq holati qayd etilgan.

Bildirilishicha, ushbu salbiy holat 2019 yilning shu davriga nisbatan Qoraqalpog‘istonda – 3 taga (66,7 foizga), Jizzaxda – 3 taga (42,9 foizga), Toshkent shahrida – 2 taga (22,2 foizga) oshgan.

Erta tug‘ruq holatlari:

2 nafari – 14 yosh, 
9 nafari – 15 yosh, 
23 nafari – 16 yosh, 
40 nafari – 17 yosh.

Mavzuga oid