Jahon | 18:27 / 24.07.2020
24387
5 daqiqa o‘qiladi

Foto: Ayo Sofiyada 86 yilda ilk bor juma namozi o‘qildi

Istanbuldagi yana masjidga aylantirilgan Ayo Sofiyada 86 yil ichida ilk bor juma namozi o‘qildi. Unda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ishtirok etdi.

Foto: EPA

Ayo Sofiyaning ibodatga ochilishi munosabati bilan bugun erta tongdan odamlar juma namozini ado qilish maqsadida Ayo Sofiya masjidi tomon yo‘l olishdi.

Ba'zi yo‘llar harakat uchun yopildi

Ayo Sofiya qayta ochilgani sababli Istanbul shahrining ba'zi yo‘llarida transport harakati to‘xtatildi. Xususan, Otaturk xiyoboni, G‘oziy Mustafo Kamol Posho ko‘chasidan to Tarixiy yarimorolga qarab ketgan barcha yo‘llarda, shuningdek, Galata ko‘prigi, Kennedi, Reshadiye, Ragip Kumushpala prospektlariga olib boradigan yo‘nalishlarda transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi.

Yevroosiyo tunneli esa ochiq qoldirildi. Dengiz, metro va marmaray xizmatlarida (Istanbulning Osiyo va Yevropadagi qismlarini bog‘lagan va bo‘g‘oz ostidan o‘tgan temir yo‘l liniyasi) harakat davom etdi. Boyazid va Emino‘nu bekatlari orasidagi tramvay harakati dushanba kuni soat 06:00ga qadar to‘xtatilgan.

Tayyorgarlik ishlari

Ibodat vaqtida suratlar to‘sib qo‘yildi Foto: Getty Images

Istanbul hokimiyati tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Ayo Sofiya va uning atrofida ayollar uchun ikkita (Mehmet Akif bog‘i, Sultonahmet maqbarasi yonidagi maydon), erkaklar uchun esa uchta ochiq maydon (Ayo Sofiya maydoni, Sultonahmet maydoni va Bazilika prospekti) namoz o‘qish uchun ajratildi.

Namoz o‘qiladigan joylarga Boyazid maydoni, Sirkei va Chattikapi orqali kirildi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Bu joylarga kirish politsiya tomonidan 11ta nazorat punkti orqali amalga oshirildi. Tekshirish punktlaridan tez va oson o‘tilishini ta'minlash uchun odamlardan o‘zlari bilan sumka olib kelmaslik so‘ralgandi.

Foto: Reuters

Epidemiya chora-tadbirlari doirasida maydonlarga 35 mingga yaqin maxsus etiketlar yopishtirib chiqildi va tozalik tadbirlari jiddiy nazorat ostiga olindi.

Foto: AP/TASS

Mehmonlarning hududlarga kirishi soat 10:00dan boshlandi. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan kirish joylarida tana haroratini o‘lchash va niqob taqilishi nozorat qilindi. Hududning turli qismlarida 17ta tibbiy punkt tashkil etildi va ularda 736 nafar xodim xizmat olib bordi. Shuningdek, tibbiy xizmat uchun 101ta tez tibbiy yordam mashinasi va bitta vertolyot ajratildi.

Politsiya to‘sig‘ini oshib o‘tgan odamlar Ayo Sofiya masjidi tomon shoshilishdi. Yo‘llar ko‘plab sun'iy to‘siqlar bilan yopildi.

Ko‘plab mahalliy va xorijiy matbuot vakillari akkreditatsiyadan o‘tish uchun akkreditatsiya nuqtalariga kelishdi. Mazkur jarayon tugallangach so‘ng ular mikroavtobuslarda maydonga olib borildi.

Izmir parlamenti deputati Binoli Yildirim Umraniye milliy bog‘ida yoshlar bilan uchrashdi va «Aya Sofiyaning qayta ibodat uchun ochishilishi xalqimiz va butun islom dunyosi uchun muhim qaror bo‘ldi», dedi.

Diniy ishlar boshqarmasi tomonidan uyushtirilgan ibodat dasturi boshlandi.

Foto: AP/TASS
Foto: AP/TASS

Istanbul politsiyasi boshlig‘i Zafar Oqtosh Ayo Sofiya masjidida juma namozini o‘qishga doir xavfsizlik qoidalarini ma'lum qildi.

Foto: Reuters

Ayo Sofiya masjidi atrofidagi barcha ibodat joylari to‘lgani, epidemiya tufayli ushbu hududlarga kirish to‘xtatilgani ma'lum qilindi. Ayo Sofiya ibodat uchun tongga qadar ochiq qolishi e'lon qilindi.

Ayo Sofiyaning har to‘rt minorasida 4 nafar muazzin azon o‘qidi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Prezident Erdo‘g‘an Qur'on tilovat qildi.

Foto: Reuters

Shundan so‘ng Din ishlari rahbari Ali Erbash juma namozini o‘qidi.

Foto: AP/TASS
Foto: Reuters

 

Mavzuga oid