Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘alladan bo‘shagan maydonlarga ekiladigan ekinlar miqdori va kutilayotgan hosil haqida ma'lumot berildi
Joriy yilda ertaki ekinlar va g‘alladan bo‘shagan maydonlarga jami 858,5 ming gektar (o‘tgan yilga nisbatan 38 ming gektarga ko‘p) takroriy ekinlar ekish belgilab olingan. Bu haqda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Bahodir Xoliqov 24 iyul kungi brifingda ma'lum qildi.
Xoliqovning so‘zlariga ko‘ra, bugunga qadar respublika miqyosida 672 ming gektar (78%) maydonga, shu jumladan:
68 ming gektar (59%) sabzavot, 27,5 ming gektar (65%) kartoshka, 22,6 mingga (64%) poliz, 17 ming gektar (84%) moyli, 260 ming gektar (76%) dukkakli ekinlar, 44 ming gektar (76%) sholi, 182 ming gektar (96%) ozuqa va 51 ming gektar (93%) boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan.
Bu borada u kartoshka ekish ishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganini ham tan oldi.
«23 iyul holatiga, 27,5 ming gektar (grafikka nisb – 83%, rejaga – 65%) maydonga kartoshka ekildi. Bu borada biroz kechikyapmiz.
G‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlarni ekishni 5 avgustgacha, jumladan kartoshka ekishni 26 iyulgacha yakunlaymiz», – dedi vazir o‘rinbosari.
Bahodir Xoliqov brifing davomida yil yakuni bilan respublika miqyosida qancha hosil yetishtirilishi kutilayotgani haqida ham ma'lumotlarni keltirib o‘tdi.
«22,7 mln tonna meva-sabzavot, shu jumladan:
2,9 mln. tonna meva (107%), 1,6 mln. tonna uzum (106%), 11,9 mln. tonna sabzavot (117%), 2,5 mln. tonna poliz (123%), 3,2 mln. tonna kartoshka (103%), 569 ming tonna dukkakli (168%) va 200 ming tonna moyli (194%) mahsulotlar yetishtirib beriladi», – deya vazir o‘rinbosarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
19:47 / 11.08.2023
Rishton tumaniga yangi hokim tayinlandi
07:38 / 16.11.2021
Qishloq xo‘jaligi yerlarini dronlar yordamida kuzatish yo‘lga qo‘yiladi
07:36 / 16.11.2021
Bozorlardagi mahsulotlar narxini onlayn kuzatish imkonini beruvchi platforma ishga tushiriladi
07:31 / 16.11.2021