Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusdan davolanayotgan To‘ra Bobolov videomurojaat yo‘llab, ahvoli ancha yaxshi ekanini ma'lum qildi
Koronavirusdan davolanayotgan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov videomurojaat bilan chiqib, ahvoli yaxshi ekanini ma'lum qildi.
Hozirgi vaqtda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida davolanishdaman, deb aytgan Bobolov 24 iyul kungi murojaatida.
«Shifokorlar yordami bilan qisqa vaqtda sog‘lig‘imni ancha tiklab oldim. Xudo xohlasa, tez kunlarda davolanib chiqib, ishni davom ettirishga kuch-g‘ayratim yetarli», – deydi Surxondaryo viloyati hokimi.
Eslatib o‘tamiz, 50 yoshli To‘ra Bobolov koronavirusga chalinib, Toshkentda davolanayotgani 18 iyul kuni ma'lum bo‘lgan edi.
Shu kuni undan tashqari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov ham COVID-19`dan davolanayotgani ochiqlangandi. SSVning qariyb bir hafta oldingi xabarida 73 yoshli siyosatchi Nukusda davolanayotgani, holati barqaror deb baholanayotgani ma'lum qilingandi.
Kuni kecha Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimi Faxriddin Zoirov koronavirusdan sog‘ayib chiqqan edi.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
08:56 / 19.05.2025