Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada hayit namozini jome' masjidida faqat diniy ulamolar o‘qiydi
Rossiya ulamolar kengashi barcha musulmonlarga o‘z oilalari davrasida muftiyning bayram ma'ruzasini onlayn-rejimda tinglashni tavsiya qilgan.
Moskvada 31 iyul kuni Qurbon hayiti namozi faqat diniy ulamolar tomonidan boshqa namozxonlar ishtirokisiz o‘qiladi. Bu haqda Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi ulamolar kengashi fatvosida aytiladi.
Qayd etilishicha, koronavirus tarqalishi xavfi bois Moskvada hayit namozi faqat jome' masjidida imomlar, muazzinlar va muftiy o‘rinbosarlari ishtirokida o‘qiladi. Boshqa masjidlarda hayit namozini ado etish tavsiya etilmaydi.
Boshqa hududlarda esa diniy boshqarmalar hududdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, hayit namozini o‘qish tartibi borasida o‘zlari qaror chiqaradi.
Ulamolar kengashi barcha musulmonlarga o‘z oilalari davrasida muftiyning bayram ma'ruzasini onlayn-rejimda tinglashni tavsiya qilgan.
Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, muftiy shayx Ravil G‘aynutdinning ma'ruzasi "Rossiya 1" telekanali orqali translatsiya qilinishi eslatib o‘tilgan.
O‘zbekistonda ham Qurbon hayiti bayrami 31 iyul kuni nishonlanadi. Bu borada prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori qabul qilindi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025