Toshkent shahri tumanlari hokimlari televideniye orqali murojaat bilan chiqishdi. Ayrimlari uzr so‘rashdi
23 iyul kuni Toshkent shahri tumanlari rahbarlari koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etishda bahamjihat harakat qilish maqsadida o‘z tumanlari aholisiga to‘g‘ridan to‘g‘ri efir orqali murojaat qilib chiqishdi.
«Oilaviy» telekanali efirida uzatilgan murojaatda tuman hokimlari bilan birga sektor rahbarlari, Mudofaa, FVB, SSB, SeOM rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Shomurodov va tuman rahbarlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagan chora-tadbirlar natijasida o‘lim holatlari yuz bergani uchun uzr so‘rashdi.
B.Shomurodov tumandagi 13-oilaviy poliklinikada Covid-19 markazi tayyorlanganini e'lon qildi. Oilaviy poliklinikalar huzurida tashkil etilgan ishonch telefoni raqamlariga koronavirus bo‘yicha murojaat qilish mumkinligi ma'lum qilindi.
Sergeli tumanining ishonch telefonlari:
(97) 410-56-57, (97) 784-57-58, (99) 030-07-37, (97) 742-57-58, (99) 898-18-08, (97) 729-57-58, (97) 146-57-58, (97) 264-57-58, (97) 783-57-58, (97) 143-57-58
Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkat Ergashev koronavirusga qarshi kurashda tuman rahbariyati har bir fuqaro bilan istalgan vaqtda to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotga tayyorligini bildirdi.
«Har birimiz to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilishga tayyormiz. Hududlarda xizmat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlarining kuchi yetmagan joyda biz yuzaga kelgan muammoni hal etishga tayyor ekanimizni yana bir bor eslatib o‘tmoqchiman.
Murojaatimizning asosiy mohiyati fuqarolarimizning qo‘rquvga berilmasligi, pandemiyadan xavotir olmasliklari, biz ularning yonida ekanligimiz, tun-u kun telefon raqamlarimiz ishlab turishi, barcha savollarga javob berishimizni eslatib o‘tmoqchiman», dedi tuman hokimi o‘z chiqishida.
Mirzo Ulug‘bek tumanining ishonch telefonlari:
(98) 888-65-99, (99) 030-07-35, (98) 188-22-52, (99) 875-12-16, (99) 889-20-80, (99) 002-76-67, (98) 300-72-22, (90) 912-14-26, (98) 301-67-47, (99) 020-10-09.
Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonov tumanda koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlar va halok bo‘lganlar mavjudligida hokimlikning ham aybi borligini tan oldi.
«Shahrimizda Covid-19 infeksiyasi bilan zararlangan fuqarolar soni ortib bormoqda. Achinarlisi, bu kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumayotganlar ham bor. Bunda bizning ham aybimiz bor. Shuning uchun sizlardan uzr so‘raymiz...
Sizning salomatligingiz uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiramiz. Dori-darmonlar bilan zarur holatda ta'minlaymiz, barcha murojaatlaringizga javob beramiz. Biz tomonimizdan ko‘rilayotgan barcha choralar, olib borilayotgan ishlar faqatgina siz bilan birgalikdagi harakat natijasida ijobiy samara beradi, deb o‘ylaymiz. Sizdan iltimos, karantin qoidalariga to‘liq rioya qiling», dedi u o‘z murojaatida.
Olmazor tumanining ishonch telefonlari:
(97) 101-20-34, (99) 111-42-07, (99) 914-02-01, (93) 515-72-24, (90) 371-92-00, (99) 898-15-01, (95) 200-12-21, (97) 741-14-16, (98) 305-02-35, (99) 828-94-27.
Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev ham tuman ahlidan uzr so‘rab, tuman rahbariyati 24 soatlik ish vaqtiga o‘tganini ma'lum qildi.
«Avvalambor, biz sektor rahbarlari xalqimizdan uzr so‘raymiz. Kasallikka qarshi kurashish borasida ma'lum bir vaqt davomida xotirjamlikka berilish sababli kasallik soni oshib ketdi. Muhtaram yurtboshimizning 15 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektoridan keyin biz sektor rahbarlari ish uslubimizni o‘zgartirdik. Xususan, 24 soatlik ish vaqtiga o‘tdik», dedi u.
Farhod Abdullayev tumandagi tibbiyot muassasalaridagi sharoit va holatni ma'lum qilgach, yana bir bor tun-u kun aholi murojaatlarini eshitishga tayyor ekanini eslatdi.
«Biz 4ta sektor hamda mas'ul rahbarlar 24 soatlik ish vaqtidamiz va ekrandagi telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin. Fuqarolarimizning murojaatlarini 24 soat davomida qabul qilamiz va zudlik bilan ijobiy hal qilamiz», dedi tuman hokimi.
Uchtepa tumanining ishonch telefonlari:
(98) 335-31-16, (99) 030-07-38, (99) 997-26-10, (97) 707-78-03, (94) 678-22-76, (93) 528-04-97, (99) 049-99-03, (97) 412-07-18, (98) 367-94-88, (99) 986-23-46.
Chilonzor tumani hokimi Sarvar Mahametov ham tumanda kuzatilgan o‘lim holatlari uchun odamlardan kechirim so‘radi.
«Tumanimizda kasallikka chalinganlar va vafot etganlar bor. Buning uchun o‘zim va jamoamiz nomidan uzr so‘rayman. Bunga ishni to‘g‘ri tashkil qilmaganimiz sabab bo‘lgan. Tumanimizda 8ta oilaviy poliklinika bor va qo‘shimcha yana bitta klinika tashkil qildik. Bundan tashqari, tumanimizdagi xususiy klinikalarda ham koronavirusdan davolanish uchun sharoit yaratildi.
Hurmatli chilonzorliklar, hozir vahimaga tushmasligimiz muhim. Belgilangan tartiblarga amal qilsak, koronavirusni yengamiz. Ekranda ko‘rsatilgan telefon raqamlariga istalgan vaqtda qo‘ng‘iroq qiling. Bu sektor rahbarlarining shaxsiy telefon raqamlari. Poliklinika yoki kasalxona tomonidan sizga yordam berilmasa, bizga murojaat qiling. Bir tan-u bir jon bo‘lib harakat qilsak, shu vabodan qutulamiz», dedi Chilonzor hokimi.
Chilonzor tumanining ishonch raqamlari:
(98) 306-27-00; (98) 351-14-10; (99) 849-07-65; (93) 523-89-78; (99) 898-18-17; (99) 484-39-16; (98) 142-07-04; (97) 157-77-66; (98) 142-07-20; (90) 320-00-53.
Bektemir tuman hokimi Shohrux Mamajonov hududda tashkil etilgan 4ta mobil guruh 4ta shtabga biriktirilganini aytdi.
«Avvalo koronavirus pandemiyasi kirib kelgani uchun sizlardan uzr so‘raymiz. Tumanimizda ayni damgacha 164 kishi virus yuqtirgan. Ulardan 131 nafari uy sharoitida, 33 nafari tibbiyot birlashmalarida davolanmoqda. Hurmatli fuqarolar, sizlardan karantin cheklovlariga amal qilishingizni iltimos qilamiz.
Tumanimizda tashkil etilgan shtabda 4ta mobil guruh tashkil etilgan va ular 4ta sektorga biriktirilgan. Tuman shtabidagi telefonlar 24 soat ishlamoqda. Tumanimiz aholisidan shifokorlar bilan birga kurashishni so‘rab qolamiz», degan Bektemir hokimi.
Bektemir tumani ishonch telefonlari:
(98) 335-88-84; (98) 367-10-80; (99) 883-33-55; (99) 858-43-71; (98) 365-56-65; (93) 572-16-13; (93) 502-00-02; (98) 126-17-79; (97) 778-85-06; (99) 872-76-77.
Mirobod tuman hokimi Shuhrat Po‘latov hududdagi uchta kasalxonada virus yuqtirganlarni davolash uchun 260ta joy tayyorlanganini aytdi.
«Pandemiya boshlangandan buyon Mirobod tumani hokimligi tomonidan ko‘p ish qilindi, ammo bu ishlar yetarli bo‘lmagani ko‘rinib turibdi. Buning uchun sizlardan kechirim so‘raymiz. Tuman markaziy poliklinikasida koll-markaz tashkil etilgan. U yerda malakali shifokorlar guruhi ishlamoqda. Bundan tashqari, tumandagi 4ta oilaviy poliklinikada ikkitadan mobil guruh kecha-yu kunduz ishlamoqda. Bu guruhlar tumandagi uylarga borib o‘zini yomon his qilayotgan bemorlarga yordam berishyapti.
Tumanda Covid-19 yuqtirganlarni davolash uchun uchta kasalxonada joylar tashkil etilgan. Xususan, respublika klinik shifoxonasida 100ta o‘rin, respublika teri-tanosil shifoxonasida 60ta o‘rin va shahar klinik shifoxonasida 100ta o‘rin. Kechadan boshlab 5-teri-tanosil klinikasida Covid-19 poliklinikasi tashkil etilgan. U yerda odamlardan koronavirusga test olinmoqda, shuningdek, rentgen apparati ham qo‘yilgan.
Mirobod tumanida 140 ming kishi yashaydi va ulardan 248 nafari zararlangan. 120 kishi tuzalib chiqqan. Hozirda uy sharoitida 54 nafar, shifoxonada 68 nafar bemor davolanyapti. Tumanimizda kasallarni davolashda muammo yo‘q, sizdan faqat karantinga amal qilishingizni so‘raymiz», degan Mirobod hokimi.
Mirobod tumani ishonch telefonlari:
(98) 308-25-43; (98) 121-11-37; (99) 030-07-34; (99) 889-45-78; (97) 422-11-05; (99) 899-38-88; (97) 490-45-01; (90) 119-01-07; (99) 831-01-64; (90) 909 43-32.
Shayxontohur tuman hokimi Abduqahhor To‘xtayev va tuman mutasaddilari ham koronavirus tarqalishi yuzasidan aholisiga murojaat qildi.
To‘xtayevning ma'lum qilishicha, tumandagi «Yoshlik» sport arenasida 564 o‘rinli shifoxona tayyor qilinyapti. Keyingi haftada u ishga tushadi.
Shuningdek, bugun Shayxontohur tumanida kasallikka chalinganlar soni 600 nafardan oshiq. Ulardan 200dan oshig‘i tuzalib chiqqan. 200 nafari kasalxonalarda, 210 nafari uy sharoitida davolanmoqda.
Murojaat uchun telefon raqamlari:
(90) 956-46-60, (98) 812-85-00, (98) 302-26-66, (94) 673-31-33, (71) 241-71-22, (71) 241-31-49, (71) 241-17-42, (71) 241-21-71, (71) 241-18-92, (71) 241-80-89
Yashnobod tuman hokimi Hojiakbar Tillashayxovning ma'lum qilishicha, bugungi kunda tumanda 7ta oilaviy poliklinika tun-u kun faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, tuman hokimligida 1076 qisqa raqami orqali maslahat markazi tashkil etilgan.
Tuman hokimi o‘z murojatida aholidan sarosimaga tushmaslikni, o‘zlarida kasallik alomatlarini sezishsa shifokorlarga murojat qilib ularning maslahatlari bilan harakatlanishlarini so‘radi.
Murojaat uchun telefon raqamlar:
(98) 368-17-09, (99) 030-07-43, (98) 360-71-01, (98) 307-60-87, (98) 331-24-00, (90) 997-70-00, (90) 972-57-38, (99) 017-07-05, (90) 931 26-59, (99) 444-64-46
Yakkasaroy tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Taslimov va tumandagi boshqa mutasaddi rahbarlar koronavirus keskin tarqalib ketgani uchun tuman aholisidan uzr so‘radi.
«Bugun tumanimizdagi barcha poliklinikalar tun-u kun ishlash tartibiga o‘tdi. Ular kerakli dori-darmon va mashinalar bilan ta'minlangan. Sizlardan sarosimaga tushmaslikka hamda karantin qoidalariga amal qilishlaringizni so‘rab qolar edim. Agar biz birlashsak, bu kasallikni albatta yengib chiqamiz», dedi u o‘z murojaatida.
Murojaat uchun telefon raqamlari:
(98) 301-77-70, (97) 707-85-09, (98) 127-17-18, (90) 354-00-60, (93) 536-97-24, (90) 316-64-94.
Yunusobod tumani hokimi Rahmonberdi Usmonov oldingi xatolardan xulosa chiqarib, kamchiliklarga barham berilayotganini ma'lum qildi.
O‘tgan hafta, bundan 6-7 kun oldin yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ya'ni, tez yordam mashinalari vaqtida yetib kelmasligi, bemorlarni shifoxonaga joylashda muammolar yuzaga kelgani uchun avvalambor men, jamoamiz, yunusobodliklardan uzr so‘ramoqchiman.
Bugungi kunga kelib, xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, Yunusobod tumanini o‘zida salkam 2000 ga yaqin joylar tayyorlandi. Bundan tashqari har bitta mahallada mobil brigadalar qilindi. Har brigadada bittadan vrach va hamshiralar bor. Hozirda har bitta hudud bo‘yicha to‘liq ma'lumotga egamiz. Kasallikning yengil formasini boshdan o‘tkazayotgan uyda davolanayotgan fuqarolarimizga ham g‘amxo‘rlik ko‘rsatyapmiz. Keragidan ortiq dori vositalari va jihozlarimiz bor.
Mavzuga oid
16:43 / 12.06.2023
Harbiy amaldor va tuman hokimi «Hududiy elektr tarmoqlari»dagi rahbarlik lavozimlariga tayinlandi
11:02 / 28.03.2023
Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahri hokimi o‘rinbosarligiga qaytdi
15:32 / 11.03.2023
Yangi Toshkent bosh rejasini Toshkentning mavjud loyihasi bilan integratsiya qilish 4 bosqichda amalga oshiriladi
10:08 / 27.01.2023