O‘zbekiston | 08:29 / 25.07.2020
11116
3 daqiqa o‘qiladi

Buxgalteriya hisobining milliy standarti tasdiqlandi. Tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha asosiy qoidalar belgilandi

Moliya vaziri «O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) «Tovar-moddiy zaxiralar»ni tasdiqlash haqida»gi buyruqni chiqardi.

Standart yuridik shaxslarga mulk huquqida tegishli bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya hisobini yuritish va ularni moliyaviy hisobotda aks ettirish tartibini belgilaydi.
 
Norma’ning yozishicha, standart moliyaviy instrumentlar hisobini yuritishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
 
Tovar-moddiy zaxiralar hisobining quyidagi asosiy qoidalari belgilandi:

  • tan olish paytini aniqlash, tasniflash, balans qiymatini baholash;
  • tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni aniqlash, kelgusida xarajatlarni, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini xarajat sifatida tan olish;
  • tovar-moddiy zaxiralar qiymatini realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar kamaytirish (baholash);
  • tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash hamda moliyaviy hisobotda ular bo‘yicha axborotni yoritib berish tartibi.

 
Standartda tashkilotlarning tovar-moddiy zaxiralari turlari belgilangan, u yoki bu aktivlarni inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibiga kiritish uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan mezonlar keltirilgan. 
 
Standartda quyidagilar ham tilga olingan:

  • tovar-moddiy zaxiralarni tan olish;
  • xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi;
  • tashkilotda ishlab chiqarilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi;
  • tovar-moddiy zaxiralarning tannarxini aniqlash usullari;
  • realizatsiya qilishning sof qiymati;
  • tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishi;
  • inventar va xo‘jalik jihozlarini hisobga olish xususiyatlari;
  • taralarni hisobga olish xususiyatlari;
  • o‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga olish xususiyatlari;
  • tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiya qilish;
  • tovar-moddiy zaxiralarni olishga ishonchnoma;
  • tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish tizimlari.

 
Moliyaviy hisobotda quyidagilar yoritib berilishi lozim:

  • tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlashda qabul qilingan hisob siyosati, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholashning qo‘llanadigan usullari;
  • tovar-moddiy zaxiralarning yakuniy balans summasi va balans summasi tashkilotga muvofiq keladigan tasnifda;
  • sabablarini bayon etgan holda, tovar-moddiy zaxiralarni realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar jiddiy hisobdan chiqarish;
  • har qanday qisman hisobdan chiqarilgan summani tiklash summasi;
  • xo‘jalik faoliyatining hisobdan chiqarilgan tovar-moddiy zaxiralarni tiklashga olib kelgan holatlari yoki voqealari;
  • majburiyatlar uchun kafolat sifatida garovga qo‘yilgan tovar-moddiy zaxiralarning balans qiymati;
  • hisobot davrida chiqib ketadigan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi.

Hujjat 30.06.2020 yildan kuchga kirgan.

Mavzuga oid