Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya, Ukraina va Misrda qolib ketgan talabalar O‘zbekistonga olib kelinadi – Transport vazirligi
Transport vazirligi avgust oyining birinchi o‘n kunligida Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Qozon, Rostov-Don, Kiyev, Qohira shaharlarida qolib ketgan talabalar maxsus charter reyslari orqali O‘zbekistonga olib kelinishini ma'lum qildi.
«Respublika maxsus komissiyasi topshirig‘iga binoan avgust oyining birinchi dekadasida Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Qozon, Rostov-Don, Kiyev, Qohira shaharlaridan maxsus charter reyslari orqali O‘zbekistonlik talabalarni olib kelish ishlarini tashkil etish masalasida xorijiy davlatlar aviatsiya ma'muriyatlari bilan ishlar olib borilmoqda», deyiladi rasmiy xabarda.
Qayd etilishicha, shu kunga qadar Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Minsk, Istanbul kabi shaharlardan o‘zbek talabalari olib kelingan.
Eslatib o‘tamiz, 15 iyul kuni Cibir federal okrugi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yuzdan ziyod o‘zbekistonlik talaba bosh vazir Abdulla Aripovga videomurojaat yo‘llab, o‘zlarini qiynayotgan muammoning hal etilishida yordam so‘ragan edi. Oradan bir hafta o‘tgach ular charter reys orqali vatanga qaytarildi.
25 aprel kuni Kun.uz’da Tataristonning Qozon shahrida qolib ketgan o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytish uchun ko‘mak so‘rab prezident va hukumatga murojaat yo‘llagan edi. Ular 28 iyun kuni navbatdan tashqari charter reysga yozilishgani, reys qoldirilgach, qariyb bir oydan beri O‘zbekistonga qayta olishmayotganliklarini aytishgandi.
«Karantin xarajatlarini ko‘tarishga, o‘z hisobimizdan mehmonxonada turishga tayyormiz, charter reys uchun ro‘yxatdan o‘tishda ham buni ko‘rsatib o‘tganmiz. Davlat bizga samolyot jo‘natsa bo‘ldi», deyishgan Qozonda qolib ketgan o‘zbek talabalari.
Mavzuga oid
16:21 / 16.05.2025
Bir qancha avtovokzal va avtostansiyalarga yangi nom berish taklif etildi
19:29 / 29.04.2025
AQShdan deportatsiya qilinadigan o‘zbekistonliklar maxsus charter reys bilan Toshkentga olib kelinadi
16:51 / 11.04.2025
Transport vazirligi Qozog‘iston orqali harakatlanayotgan haydovchilarni ogohlantirdi
17:16 / 04.03.2025