Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir kunda qariyb 600 bemor sog‘aydi va bu borada rekord yangilandi
28 iyul kuni respublikaning 8 hududida jami 591 nafar bemor tuzaldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 12265 nafarga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi 28 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilangani haqida ma'lumot berdi.
Bugun mamlakat hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 591 nafari sog‘aydi. Shundan 381 nafari Toshkent shahridagi 17ta shifoxonada davolanayotgan bemorlardir.
- Toshkent shahrida 381 nafar;
- Toshkent viloyatida 82 nafar;
- Andijonda 41 nafar;
- Sirdaryoda 23 nafar;
- Namanganda 20 nafar;
- Buxoroda 17 nafar;
- Navoiyda 17 nafar;
- Qoraqalpog‘istonda 10 nafar.
«Shunday qilib, yurtimizda 12265 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan», deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija kecha, 27 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 569 nafar bemor tuzalgandi.
Mavzuga oid
17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi
00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
11:56 / 06.02.2025