Erdo‘g‘an Armaniston va Ozarboyjon mojarosi bo‘yicha Putinga qo‘ng‘iroq qildi
Turkiya va Rossiya prezidentlari Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi mojaroni muhokama qilishdi.
Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kreml rasmiy saytida xabar berilgan.
Vladimir Putinning axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, suhbat Turkiya tomonining tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Tomonlar Kavkazortidagi arman-ozar mojarosini muhokama qilishdi. Rossiya prezidenti vaziyat taranglashishiga olib keladigan har qanday mojaroga yo‘l qo‘ymaslik kerak ekanini ta'kidlagan. Har ikki tomon masalani tinch yo‘l bilan hal qilish kerakligini ta'kidlashgan.
Putin va Erdo‘g‘an Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroni avvalo xalqaro huquq normalari asosida, keyinchalik Armaniston va Ozarboyjonning manfaatlari inobatga olingan holda hal qilinishi kerakligini ta'kidlagan. Tomonlar koronavirusga qarshi o‘zaro kurashni ham yuqori baholab, 1 avgustdan har ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlar tiklanishini olqishlashdi.
Kreml rasmiy saytida yozilishicha, suhbat so‘ngida Vladimir Putin Turkiya prezidentini yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bilan tabriklagan.
Mavzuga oid
22:30 / 14.11.2024
Putin Rossiyada YouTube faoliyati sekinlashgani bilan «shug‘ullanishga» va’da berdi
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
14:26 / 13.11.2024