Vazirlik «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hisobiga kelib tushgan mablag‘lar va ularning sarflanishi bo‘yicha ma'lumot berdi
24 apreldan 27 iyulgacha bo‘lgan to‘rt oy davomida «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hisobiga 229 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ kelib tushgan
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi o‘z hududiy bo‘linmalari qoshida tashkil etilgan homiylik xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlarining 14 kunlik (14-27 iyul) faoliyati to‘g‘risida ma'lumotlarni Kun.uz’ga taqdim etdi.
Unga ko‘ra, o‘tgan vaqt davomida shahar va tumanlarda jami 203ta markazlar va Call-markazlar tashkil qilingan hamda ular orqali 194 ming 542 oilaga oilaga yordam ko‘rsatilgan.
«Jumladan:
- 96724ta oilaga shakllantirilgan ro‘yxatlar bo‘yicha yordam ko‘rsatilgan;
- 49016ta oilaga koronavirus sababli yordam ko‘rsatilgan;
- 48802ta oilaga murojaatlar bo‘yicha yordam ko‘rsatilgan.
«Tarqatilgan jami oziq-ovqat mahsulotlari uchun 20 mlrd 684 mln 409 ming so‘m sarflangan», deyiladi ma'lumotda.
Bu borada aholi uchun tarqatilgan zaruriy dori-darmonlar uchun sarflangagan mablag‘ 267 mln 544 ming so‘mni tashkil qilgan.
Keltirilgan raqamlardan aholi uchun tashkil qilingan Call-markazlarga qilingan qo‘ng‘iroqlarning jami hisobi yuritilib borilishini ham ko‘rish mumkin. Unga ko‘ra, o‘tgan ikki haftda davomida markazlarga 81357ta murojaat kelib tushgan. Ulardan:
- 78808tasi oziq-ovqat bo‘yicha;
- 1030tasi dori-darmon bo‘yicha;
- 1519tasi boshqa masalalar bo‘yicha bo‘lgan.
Vazirlikning o‘z ishonch telefonlariga esa jami bo‘lib 1183ta murojaat yo‘llangan.
Bundan tashqari, 24 apreldan 27 iyulgacha bo‘lgan to‘rt oy davomida «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hisobiga 229 079 738 100 so‘m kelib tushgan.
Bu mablag‘lar quyidagi ko‘rinishda sarflangan:
- 52 161 021 600 so‘m kundalik iste'mol tovarlari uchun;
- 8 495 004 200 so‘m dori vositalari uchun;
- 24 388 185 600 so‘m boshqa mahsulotlar uchun;
- 77 459 170 300 so‘m naqd pul ko‘rinishida.
Mavzuga oid
16:39 / 08.09.2022
Navoiyda ehtiyojmandlarga ajratilgan yordam pullari “tuya” qilinyapti
20:58 / 13.08.2020
Samarqand shahridagi mahallalarda ehtiyojmandlarga yordam pullari qariyb tarqatib bo‘lindi
21:56 / 30.07.2020
O‘zbekistonda 400 mingdan ziyod oilaga budjetdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi
20:37 / 16.06.2020