Jamiyat | 11:00 / 29.07.2020
14588
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«AKFA Build»: gazobeton bloklar ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirilishi 2021 yilga rejalashtirilgan

Bugungi kunda qurilish bozori tezlik bilan kengayib bormoqda: zamonaviy talablarga javob beradigan mahsulotlarga ehtiyoj sezadigan qurilish kompaniyalari soni ortib bormoqda.

Qurilish mahsulotlari bozori tahlil qilinganidan va energiya tejaydigan qurilish qismlariga talab katta ekanligidan so‘ng AKFA kompaniyalar guruhi import o‘rnini bosadigan gazobeton bloklar ishlab chiqaradigan zavodni ishga tushirishga qaror qildi.

Gazobeton – bu zamonaviy qurilish materiali, gazlangan betonning bir turi, ya'ni sferik, yopiq, ammo diametri 1-3 mm bo‘lgan birlashtiruvchi, butun hajm bo‘ylab teng ravishda taqsimlanadigan sun'iy tosh. Yakuniy ishlov berish texnologiyasiga ko‘ra, gazlangan beton «avtoklavlangan» gazobeton va «avtoklavsiz» ga bo‘linadi.

Avtoklavlangan gazobetonning xususiyatlari haqida gapirganda, uning quyidagi xususiyatlariga e'tibor qaratish lozim.

  • yong‘inga chidamlilik;
  • issiqlik izolyatsiyasi;
  • sovuqqa chidamliligi;
  • ovoz izolyatsiyasi;
  • ekologik toza;
  • bug‘ o‘tkazmasligi;
  • ko‘p yil xizmat qilishi;
  • chidamlilik.

Bundan tashqari, gazlangan beton bloklar odatiy g‘ishtlarga qaraganda yengilroq, bu sizga zarur poydevor ishlarining xarajatlarini kamaytirish va qurilish ishlari tezligini an'anaviy g‘isht qurilishiga nisbatan 40% ga oshirishga imkon beradi. Tayyor binoning issiqlik yo‘qolishi oddiy g‘ishtdan qilingan bino bilan solishtirganda 3 baravar kam bo‘ladi.

Ko‘rsatilgan xususiyatlar gazobetonni amaliy qurilish materialiga aylantiradi, ayniqsa O‘zbekistonning iqlim sharoitida.

Bundan tashqari, gazobetonli buyumlar ishlab chiqarishda gaz iste'moli 8 baravar kamayadi va gazobetonli buyumlardan qurilgan binolarda energiya sarfini besh baravar kamaytirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan gazobeton bloklar ishlab chiqarishni 7 baravar oshirish topshirilgan edi.

AKFA kompaniyalar guruhi bir qator xorijiy yetkazib beruvchilarning takliflarini batafsil o‘rganib chiqdilar va qator muzokaralar o‘tkazdilar. Natijada «Masa GmbH» (Germaniya) kompaniyasi bilan gazobeton bloklarni ishlab chiqarish uchun va texnologik jihozlarni yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzildi.

«Masa GmbH» kompaniyasi silikat g‘ishtlari, gazobeton bloklar, mayda beton buyumlar va boshqa qurilish materiallarini sanoat ishlab chiqarish uchun zamonaviy jihozlarni loyihalashtirish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ishlab chiqarilgan uskunalar benuqson sifati, samaradorligi va investitsiyalarning tezkorligi bilan ajralib turadi. «Masa GmbH» shuningdek, uskunalarni o‘rnatish sohasida ko‘p yillik tajribaga ega, bu bizga zamonaviy qurilish biznesida qo‘llaniladigan jahon sanoat standartlariga muvofiq yuqori sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etishni kafolatlash imkonini beradi.

Asosiy ta'minotchi sifatida «Masa» loyihada ishtirok etadigan barcha yetkazib beruvchilarning ishlarini muvofiqlashtiradi.

Avtoklavlangan gazobeton bloklarni ishlab chiqarish uchun avtomatlashtirilgan «Masa» liniyasi bilan jihozlangan yangi zavod Toshkent viloyatida 30.000 m2 dan ortiq maydonda joylashgan bo‘ladi.

Ishlab chiqarish jarayoniga xorijiy mamlakatlarning tajribali mutaxassislari jalb qilinadi, AKFA kompaniyalar guruhi ham ishlab chiqarish, logistika, menejment, marketing va mahsulot sotish sohalarida 90ta yangi ish o‘rinlari tashkil qulishni rejalashtirmoqda. Gazobeton bloklarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyoning 97 foizdan ortig‘i mahalliy xarid qilinadi.

Yuqori samarali texnologik liniya, noyob xomashyo bazasi va qulay geografik joylashuvi AKFA kompaniyalar guruhiga nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ham qurilish sanoatining ishonchli yetkazib beruvchisi bo‘lishiga imkon beradi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid