Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi xonadondan 12 turdagi 20 780 000 so‘mlik tilla taqinchoqlar o‘g‘irlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b,g» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 14 iyul kuni soat 21:30da 32 yoshli G.B. Qashqadaryo viloyati Muborak tuman «Istiqlol» mahallasida yashovchi fuqaro B.A.ning uyidagi sandiqdan jami 12 turdagi umumiy bahosi 20.780.000 so‘mlik tilla taqinchoqlari va 1.350 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b,g» bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida G.B.dan 12 dona tilla taqinchoqlar hamda 1.150 AQSh dollari miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan va G.B. jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi
19:12 / 30.01.2025
Niderlandiyada 2,5 ming yillik oltin buyumlarni o‘g‘irlashda gumonlangan shaxslar ushlandi
18:19 / 13.01.2025