Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonning tashqi qarzi 170 mln dollarga oshdi. Eng katta qarz – Xitoy "Eksimbank"idan
Mamlakat Jahon bankidan 338,5 mln dollar, Osiyo taraqqiyot bankidan 287,3 mln dollar, Islom taraqqiyot bankidan 131,9 mln dollar qarz hamda yevrobondlar bo‘yicha qarz majburiyatlari miqdori 500 mln dollarga teng.
Tojikistonning tashqi qarzi 1 iyul holatiga qariyb 3,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Olti oy davomida mamlakatning tashqi qarzi miqdori 170,9 million dollarga oshdi. Bu haqda Tojikiston moliya vaziri Fayziddin Qahhorzoda ma'lum qildi.
Tojikistonning eng katta qarzi Xitoyning "Eksimbank"idan bo‘lib, 1,1 mlrd dollardan ortiqni tashkil etadi.
Mamlakat shuningdek, Jahon bankidan 338,5 mln dollar, Osiyo taraqqiyot bankidan 287,3 mln dollar, Islom taraqqiyot bankidan 131,9 mln dollar qarz hamda yevrobondlar bo‘yicha qarz majburiyatlari miqdori 500 mln dollarga teng.
Moliya vazirining qo‘shimcha qilishicha, olti oy davomida 587,2 mln dollarlik 16ta yangi kredit va grant shartnomalari imzolangan.
Ma'lumot uchun, 2020 yilning dastlabki 4 oyi davomida O‘zbekistonning jami tashqi qarzi 692 mln dollarga oshib, 25,1 milliard dollarga yetgan edi.
Mavzuga oid
15:02 / 27.05.2025
2025 yilning I choragida O‘zbekistonning davlat qarzi 2,2 mlrd dollarga ko‘paydi
22:41 / 24.05.2025
O‘zbekistonning likvid zaxiralari joriy yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, keyin kamayib boradi - S&P
17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
17:55 / 14.05.2025