Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada ijtimoiy tarmoqlar ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
Endilikda xorijiy kompaniyalar, xususan, Facebook, Twitter, Instagram Turkiyada o‘z vakolatxonalarini ochishga majbur bo‘ladi.
Turkiya parlamenti xorijiy ijtimoiy tarmoqlar ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, endilikda xorijiy kompaniyalar, xususan, Facebook, Twitter, Instagram Turkiyada o‘z vakolatxonalarini ochishga majbur bo‘ladi. Bunday yuridik shaxslar o‘z platformalarida huquqqa zid kontentni chop etgani uchun javobgar bo‘ladi. Ular shuningdek, bunday ma'lumotlar tarqalishining oldini olishga majbur deb belgilandi.
Agarda kompaniyalar Turkiyada vakolatxona ochishdan bosh torsa, u holda Anqara ijtimoiy tarmoqlarga kirishni cheklashi, hatto Turkiyada ularga kirishni butkul yopishi mumkin.
Turkiya moliya vaziri hamda prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning kuyovi Berat Albayrak Twitter tarmog‘ida to‘rtinchi farzandi tug‘ilgani to‘g‘risidagi xabarni joylashtirgach, ushbu xabar ostida ko‘plab salbiy izohlar qoldirilganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlar tanqid ostiga olina boshlangandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025