Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marg‘ilonda Matiz va Spark’ni o‘z nomiga rasmiylashtirib olgan shaxs qamoqqa olindi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida 11 iyul kuni fuqaro O.A. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati.
U 2019 yil dekabr oyida noma'lum shaxs ishonchiga kirib, narxi 5.500 AQSh dollar bo‘lgan Matiz va narxi 7.600 AQSh dollar bo‘lgan Spark avtomashinalarini sotib olishga kelishib, pullarni keyin berishini aytib, bergan va'dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan avtomashinalarni nomiga rasmiylashtirib olganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni E.M. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025