Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyaning KLM aviakompaniyasi pandemiya sababli 5 ming xodimini qisqartiradi
Niderlandiyaning sobiq milliy aviakompaniyasi, hozirda Air France-KLM xolding aviakompaniyasi tarkibiga kiruvchi KLM koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz tufayli 5 ming ishchisini qisqartirishga majbur bo‘lmoqda.
“KLM misli ko‘rilmagan ko‘lamdagi inqirozning avji pallasida turibdi. Tiklanish tomon yo‘l uzoq bo‘lishi va mavhumlik bilan xavf solmoqda. Bu KLM strukturasi va ko‘lami keyingi yillarda qat'iy tartibga solinishini anglatadi. KLM’da 4500 dan 5000 gacha ish o‘rni qisqartiriladi”, deyilgan kompaniya xabarida.
Kompaniyaning umumiy hisobda 33 mingga yaqin xodimi bor bo‘lib, ulardan 1500 nafari majburiy ravishda qisqartirib bo‘lingan, yana 2 ming kishi ko‘ngilli tarzda bo‘shatiladi. Qolgan ish o‘rinlari sekin-asta qisqartirib boriladi.
Kompaniyada “mavhumlik darajasi yuqoriligi sababli” yana qisqartirishlar yuz berishi mumkinligi va 2023 yoki 2024 yillargacha tiklanish kutilmayotgani aytilgan.
“KLM uchun hozirda qimmatli va sodiq hamkasblari bilan xayrlashishga to‘g‘ri kelishi juda og‘ir va ayanchlidir”, deb aytgan KLM bosh direktori Piter Elbers.
KLM avvalroq 2020 yilning 1-yarmida 768 mln dollar yo‘qotganini, 2-chorakda yo‘lovchilar soni 95 foizga - 9 mlndan yarim milliondan kamroqqacha kamayib ketganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
18:34 / 26.05.2025
O‘zbekistonda yana bir yangi aviakompaniya ish boshladi
14:46 / 19.05.2025
Aviachiptalarning sun’iy taqchilligini keltirib chiqargan aviakompaniyalar javobgarlikka tortiladi
17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi
15:52 / 14.04.2025