Hemilton uchta g‘ildirakda finishni kesib o‘tib, Formula-1 poygasida g‘alaba qozondi
Poyga yakuniga oz qolganida «Mersedes» a'zolari Lyuis Hemilton bilan Valtteri Bottas katta ustunlikda birinchi va ikkinchi o‘rinda borayotgan edi.
Finishga 3ta davra qolganida Valtteri Bottas boshqarayotgan bolidning g‘ildiragi balloni yorilib ketdi. Natijada u «pit-stop»ga yetib borib, yangi ballon o‘rnatilguncha juda ko‘p vaqt yo‘qotib, ikkinchi o‘rindan 11-o‘ringa tushib qoldi.
Qizig‘i shundaki, so‘nggi davrada Lyuis Hemilton bolidining ham g‘ildiragi balloni yorilib ketdi. Biroq, u ikkinchi o‘rinda borayotgan Maks Ferstappendan juda katta farq bilan oldinda bo‘lgani tufayli, uchta g‘ildirakda finishgacha yetib borib, poygada g‘alaba qozondi.
«Red Bull» a'zosi Ferstappen ikkinchi, «Ferrari» poygachisi Sharl Lekler uchinchi bo‘ldi.
Formula-1 poygasi 2020 mavsumining shaxsiy chempionatida Lyuis Hemilton 88 ochko bilan birinchi, Valtteri Bottas 58 ochko bilan ikkinchi, Maks Ferstappen 52 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Konstruktorlar chempionatida «Mersedes» 146 ochko bilan katta ustunlikda peshqadamlik qilmoqda. «Red Bull» hisobida 78 ochko, «Maklaren» hisobida 51 ochko bor.
Buyuk Britaniya Gran-prisi
Silverstoun
2 avgust
Poyga
1. Lyuis Hemilton («Mersedes»)
2. Maks Ferstappen («Red Bull»)
3. Sharl Lekler («Ferrari»)
4. Daniel Rikkardo («Reno»)
5. Lando Norris («Maklaren»)
6. Esteban Okon («Reno»)
7. Per Gasli («Alfa Tauri»)
8. Aleks Albon («Red Bull»)
9. Lans Stroll («Reysing Poynt»)
10. Sebastyan Fettel («Ferrari»)
11. Valtteri Bottas («Mersedes»)
12. Antonio Jovinatssi («Alfa Romeo»)
13. Jorj Rassell («Uilyams»)
14. Karlos Sayns («Maklaren»)
15. Nikolya Latifi («Uilyams»)
16. Romen Grojan («Xaas»)
17. Kimi Raykkonen («Alfa Romeo»)
Avariya tufayli chiqib ketganlar:
18. Daniil Kvyat («Alfa Tauri»)
19. Kevin Magnussen («Xaas»)
20. Niko Hyulkenberg («Reysing Poynt»)
Mavzuga oid
17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
11:13 / 21.11.2022
To‘rt karra jahon chempioni Sebastyan Fettel «Formula-1»dagi faoliyatini yakunladi
20:09 / 15.12.2021