Fermerning yer so‘rab yozgan murojaatini javobsiz qoldirgan hokim o‘rinbosari jarimaga tortildi
Biznes-ombudsman aralashuvi bilan ma'muriy sud Amudaryo tuman hokimi o‘rinbosari Fayzulla Sa'dullayevni javobgarlikka tortgan.
«Amudaryo tumanida faoliyat yurituvchi «Amu naslli chorva» nomli fermer xo‘jaligi rahbari chorvachilikni rivojlantirish uchun yer ajratilmayotganligidan norozi bo‘lib Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga murojaat qilgan. Murojaat yuzasidan fermer xo‘jaligiga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida 2020 yilning 5 may kuni tuman hokimligiga so‘rov xati yuborilgan. Xat ijrosi tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Fayzulla Sa'dullayevga yo‘naltirilgan.
So‘rov xatida murojaat yuzasidan tegishli ma'lumotlar joriy yilning 11 may kuniga qadar taqdim qilinishi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, F.Sa'dullayev tomonidan so‘rov xati bee'tibor qoldirilgan. Yuqoridagi qonunbuzilish yuzasidan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilgan va Amudaryo tuman ma'muriy sudi qarori bilan hokim o‘rinbosariga jarima jazosi tayinlandi», deyiladi Biznes-ombudsman axborot xizmatining xabarida.
Xabarda jarima miqdoriga aniqlik kiritilmagan.
Qayd etilishicha, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasiga ko‘ra mansabdor shaxslar biznes-ombudsmanga ko‘maklashishi, u tomonidan so‘ralayotgan ma'lumotlarni so‘rov olingan kundan e'tiboran 10 kundan kechiktirmasdan taqdim etishi shartligi belgilangan.
Mavzuga oid
21:20 / 19.11.2024
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari haqidagi uzoq kutilgan qonun imzolandi. Sohada nima o‘zgaradi?
16:04 / 01.11.2024
Boyovut hokimi Dilfuza Uralova fermerni haqoratlab, IIBga uni qamab qo‘yishni buyurdi
10:38 / 13.10.2024
Farg‘onada kredit ajratish evaziga fermerdan pul olgan bank filiali menejeri aniqlandi
13:41 / 02.10.2024