Kiyevda bankni portlatish bilan tahdid qilgan shaxs qo‘lga olindi. U o‘zbekistonlik ekani aytilmoqda
Bank binosi maxsus topshiriqli bo‘linma tomonidan qamal qilindi.
3 avgust kunining ikkinchi yarmida Ukrainadagi nashrlar noma'lum shaxs poytaxtdagi «Leonardo» biznes markazida joylashgan bankda bank xodimini garovga olib, bankni portlatish bilan tahdid qilayotgani haqida xabar tarqatdi.
U muzokara vaqtida oyog‘iga bog‘langan ryukzagida bomba borligi, u istalgan vaqtda portlashi mumkinligini aytgan. U o‘zini jonli efirga chiqarishlarini talab qilgan va bir nechta telekanallarda chiqarilgan ham.
Ukraina ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Anton Gerashchenko ushbu shaxs asli o‘zbekistonlik ekanini ma'lum qilgan.
«Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, terrorchilik aktini amalga oshirish bilan tahdid qilgan shaxs — 1988 yil 25 martda tug‘ilgan Karimov Suxrob Rahmonovich, O‘zbekiston fuqarosidir. Uning ijtimoiy tarmoqlaridagi postlariga ko‘ra, u psixologik xasta shaxs», deya yozgan Gerashchenko o‘zining Facebook’dagi sahifasida.
Ko‘p o‘tmay Ukraina xavfsizlik xizmati maxsus bo‘linmasi bank hududida amaliyot o‘tkazdi. U bank binosida jurnalistlar bilan gaplashayotgan vaqtda Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
«Buyog‘iga sud va uzoq muddatli qamoq», degan Gerashchenko.
Bu so‘nggi haftalarda Ukrainada politsiyani oyoqqa turgizgan uchinchi shov-shuvli holat bo‘ldi. 21 iyul kuni Lutskda 44 yoshli Maksim Krivosh yo‘lovchi avtobusni garovga olgandi. Prezident Vladimir Zelenskiy o‘shanda terrorchining talabini qondirib, ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat joylashtirgan hamda «Yerliklar» filmini tomosha qilishga chaqirgandi. Krivosh yo‘lovchilarni qo‘yib yuborgan, uning o‘zi qo‘lga olingan.
23 iyul kuni Poltavada noma'lum shaxs politsiyachini qo‘lga oldi va granata portlatish bilan tahdid qildi. Ko‘p o‘tmay u garovdagi politsiyachini qo‘yib yubordi va o‘rmonga yashirindi. Bir hafta o‘tib uni topishdi, qo‘lga olish vaqtida u o‘ldirildi.
Mavzuga oid
08:31 / 21.11.2024
RF hujumi tahdidi tufayli Kiyevdagi bir qancha elchixonalar yopildi
14:41 / 20.11.2024
YeI davlatlari AQSh yordami qisqarsa ham Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga tayyor
12:17 / 13.11.2024
Kiyev YePni Rossiyadan bolalarni qaytarishda yordam berishga chaqirdi
10:13 / 11.11.2024