O‘zbekiston | 23:59 / 03.08.2020
44539
4 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda bir kunda 700dan ortiq yangi holat qayd etilib, 700dan ortiq bemor tuzaldi

O‘zbekistonda 3 avgust kuni 748ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 26301taga yetdi. Bugun shuningdek, 755 bemor tuzaldi, 6 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 3 avgust kuni mamlakatimizda 748 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Respublikaning 11 hududida koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq yangi holatlar qayd etilgan.

Tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida:

  • Toshkent shahrida 252 holat;
  • Toshkent viloyatida 236 holat;
  • Samarqand viloyatida 53 holat;
  • Namangan viloyatida 18 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 16 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 13 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 12 holat;
  • Xorazm viloyatida 11 holat;
  • Sirdaryo viloyatida 10 holat;
  • Farg‘ona viloyatida 20 holat;
  • Andijon viloyatida 7 holat.

Tuzalganlar (+755)
Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun O‘zbekistonda 755 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 17 ming 262 nafarga yetgani haqida xabar berdi.

  • Toshkent shahrida 531 nafar;
  • Toshkent viloyatida 114 nafar;
  • Samarqand viloyatida 26 nafar;
  • Andijon viloyatida 22 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 20 nafar;
  • Namangan viloyatida 19 nafar;
  • Navoiy viloyatida 14 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 9 nafar.

O‘lim holatlari (+6)
Bugun Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 2tadan, Qashqadaryo va Navoiyda bittadan o‘lim holati qayd etildi va O‘zbekistonda jami o‘limlar soni 159taga yetdi.

  • Birinchi o‘lim. 20 iyul kuni Covid-19 infeksiyasi tasdiqlangan va nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayib Zangiota ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan, Toshkent shahri Mirobod tumanida yashagan 46 yoshli bemor S.L.da (erkak) vafot etdi. 
  • Ikkinchi o‘lim. 20 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan va Zangiota ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga kun davomida tana harorati ko‘tarilib, nafas yetishmovchiligi kuchayganligi sababli yotqizilgan, Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 58 yoshli (erkak) bemor Sh.D. vafot etdi.
  • Uchinchi o‘lim. Covid-19 tasdiqlangach, nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygan holatda Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, Andijon tumanida yashagan 63 yoshli B.P. (erkak) vafot etdi. 
  • To‘rtinchi o‘lim. Tana harorati ko‘tarilib, nafas yetishmovchiligi kuchayganligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasiga yotqizilgan, Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 56 yoshli D.Sh. (ayol) vafot etdi.
  • Beshinchi o‘lim. Covid-19 tasdiqlangach, shahar shifoxonasiga yotqizilgan, Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashagan 44 yoshli Sh.T. (erkak) vafot etdi. 
  • Oltinchi o‘lim. Covid-19 tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashagan 70 yoshli T.R. (erkak) vafot etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 880 nafar bemordan 927 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid