Jahon | 01:41 / 03.08.2020
4100
2 daqiqa o‘qiladi

Siemens AQShning farmatsevtika kompaniyasini 16,4 milliard dollarga sotib oladi

Foto: Getty Images

Siemens kompaniyasining tibbiy vositalar ishlab chiqaruvchi bo‘linmasi Siemens Healthineers (SH) AQShning Varian Medical Systems farmatsevtika kompaniyasining barcha aksiyasini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 

Nemis kompaniyasi Varian’ning har bir aksiyasi uchun 177,5 dollar to‘laydi, bu esa aksiyalarning 31 iyuldagi savdolar yopilishidan oldingi narxidan 24 foiz ko‘proqni tashkil qiladi. Umumiy hisobda bitim 16,4 mlrd dollarga baholanmoqda. 

Varian saraton kasalliklarini davolash uchun dori vositalari ishlab chiqarishda dunyo yetakchisi hisoblanadi. Dunyoda saratondan kasallanishlar soni tobora ortayotgani sababli, nemis kompaniyasi Varian’ni xarid qilishga katta o‘sish salohiyatiga ega aktiv sifatida qaramoqda. Nemis kompaniyasi uchun bu 20 mlrd dollarlik hajmga ega bozorning har yili 6-10 foizga o‘sishini anglatadi.

“Ushbu kelishuv evaziga biz kardiologiya va nevrologiyaga qo‘shimcha ravishda onkologiyadagi pozitsiyalarimizni ham mustahkamlaymiz”, deb aytgan SH’ning bosh moliyaviy direktori Yoxen Shmits.

Mavzuga oid