«Sog‘liqni saqlash tizimi karantin yumshatilishiga tayyor» – Habibullo Oqilov
Karantin cheklovlari yumshatilib, kasallanadiganlar soni ko‘payishi mumkin bo‘lsa ham, vaziyatni nazoratga olishga sog‘liqni saqlash tizimi va hokimiyatlarning imkoniyati yetadi. Bu haqida 3 avgust kuni Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Habibullo Oqilov ma'lum qildi.
Habibullo Oqilovning qayd etishicha, koronavirusga chalinib, kasallikni yengil shaklda o‘tkazayotgan bemorlarga uyda davolanishga ruxsat berilgach, koykalarning ma'lum qismi bo‘shagan va bemor qabul qilish imkoniyati oshgan.
Ayni paytda esa Toshkent shahrida o‘rta og‘ir holatdagi bemorlarni davolash va tashxis qo‘yish uchun mo‘ljallangan tibbiyot muassasalari bazasi yaratilgan, «Tez yordam» orqali olib kelinadigan yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonalarga yotqizish uchun alohida tibbiyot muassasalarida: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi, Yuqumli kasalliklar klinikasi, shahar shoshilinch tibbiy yordam klinikasi va Zangiota hududidagi ixtisoslashgan yuqumli kasalliklar shifoxonasida joy tayyorlangan.
«Hozirgi kunda Toshkent shahrida koyka bilan bog‘liq muammo yo‘q. Bu tizimni viloyatlarda ham ommalashtirish ishlari olib borilmoqda.
2-3 hafta oldin xalqni ogoh bo‘lish uchun da'vat etgan bo‘lsak, hozir o‘zimiz ularga vahimaga o‘rin yo‘qligini aytmoqchimiz. Hozir vaziyat jilovlangan, shifokorlarimiz tayyor, kerakli asbob-uskunalar shay holatga keltirilgan. Zaxiralar va koyka o‘rinlari ham yetarli», degan Habibullo Oqilov.
U karantin cheklovlari yumshatilib, kasallanadiganlar soni ko‘payishi mumkin bo‘lsa ham, vaziyatni nazoratga olishga sog‘liqni saqlash tizimi va hokimiyatlarning imkoniyati yetarli ekanini ta'kidlagan.
Qo‘shimcha qilinishicha, ixtisoslashtirilgan shifoxonalarning barchasi bo‘shatilgach, ular dezinfeksiya qilinadi va o‘z ixtisosligi bo‘yicha faoliyatini boshlaydi. Bu boshqa kasallarga yordam ko‘rsatishdagi kamchiliklarni ham bartaraf etadi.
Mavzuga oid
21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda
22:24 / 07.11.2022
Angliyada uy parrandalariga lokdaun e’lon qilindi
12:45 / 19.07.2022