Turkiyada «Jaloliddin Xorazmshoh» serialini suratga olish ishlari boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga ko‘ra «O‘zbekkino» milliy agentligi bilan hamkorlikda Turkiyada «Jaloliddin Xorazmshoh» serialining suratga olish ishlari boshlandi.

«O‘zbekkino» milliy agentligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ko‘p qismli film Turkiyaning «Bo‘zdag‘ film» studiyasi tomonidan suratga olinmoqda. Serialning ilk mavsumi 13-qismdan iborat bo‘ladi. Uning rejissyori – Mehmet Bo‘zdag‘, ssenariy muallifi – Nazar Eshonqul.
Hozirda Turkiyaning Oqsaroy viloyati hududida suratga olinayotgan serial uchun maxsus tarixiy dekoratsiyalardan iborat pavilon qurilgan. Serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim ijro etadi.
Shuningdek, filmda o‘zbekistonlik aktyorlardan Tohir Saidov, Javohir Zokirov, Akbarxo‘ja Rasulov, Saida Rametova, Rayhon Ulasenova, Ra'no Shodiyeva, Feruza Normatova, Yulduz Rajabova ham rol ijro etishi kutilmoqda.
Jaloladdin Manguberdi ibn Muhammad 1199 yilda Xorazmda tug‘ilgan. 1221 yilda otasi Xorazmshoh A'loiddin Muhammad II vafotidan keyin taxtga o‘tirgan. Ko‘p yillar davomida Chingizxon jangchilariga qarshi muvaffaqiyatli kurashgan. Ammo mo‘g‘ullarga qarshi yagona umumiy front tashkil etolmasdan, Kurdiston tog‘larida 1231 yilda o‘ldirilgan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
Mavzuga oid

12:00 / 29.08.2022
Shavkat Mirziyoyev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi

07:42 / 02.06.2022
Urganchda «Jaloliddin Manguberdi maktabi» qurilishi boshlandi

16:39 / 11.10.2020
«Loyihamiz yemagan somsasiga pul to‘layapti» - Allamjonov «Mendirman Jaloliddin» filmi atrofidagi tushunmovchilik haqida

11:57 / 04.10.2020