Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi o‘zbekistonliklar charter reys orqali olib kelinadi
Ukrainada qolib ketgan o‘zbekistonliklar Kiyev–Xarkov–Toshkent–Kiyev charter reysida vatanga qaytishi mumkin.
Transport vazirligining axborot xizmati AllTrip.uz kompaniyasi Windrose aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Ukrainadan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan yo‘lovchilar uchun Kiyev–Xarkov–Toshkent–Kiyev yo‘nalishida charter qatnovini amalga oshirishini xabar qildi.
Qayd etilishicha, Kiyev–Xarkov–Toshkent charter reysi 2020 yilning 5 avgustida amalga oshirilishi belgilangan. Toshkent–Kiyev yo‘nalishidagi charter parvozi 6 avgust kuni amalga oshiriladi.
«Aviachipta narxlari va parvoz bo‘yicha batafsil ma'lumotlarni +998 78 140 00 00 telefon raqami orqali olishingiz mumkin», deyiladi Transport vazirligining xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 1 avgust kuni Respublika maxsus komissiyasi xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 2 avgustdan 16 avgustga qadar amalga oshiriladigan navbatdagi charter reyslar jadvalini e'lon qilgandi. Unga ko‘ra, Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Turkiya, BAA, Misr va AQShdan jami 24 reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:50 / 24.05.2025
Kiyev va mintaqaga tungi hujum: jabrlanganlar bor
10:11 / 17.05.2025
AQShning Kiyevdagi sobiq elchisi: Trampning Ukrainaga bosimi tufayli ketdim
16:21 / 16.05.2025
Bir qancha avtovokzal va avtostansiyalarga yangi nom berish taklif etildi
09:01 / 01.05.2025