Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariyada koronavirus yuqtirgan turistlarning davolanish xarajatlari qoplab berilishi mumkin
Bolgariya kurortlarida turistlarning koronavirus yuqtirishi bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan.
Bolgariyada dam olish vaqtida koronavirusga chalingan turistlarning ovqatlanish va davolanish xarajatlari qoplab berilishi mumkin. Bu haqda ATOR xabar bermoqda.
Mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari va turizm vaziri Mariyana Nikolovaning so‘zlariga ko‘ra, Bolgariya kurortlarida turistlarning koronavirus yuqtirishi bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan.
"Mehmonxonalarimiz kurortlarda kasallik yuqishining oldini olish maqsadida barcha sanitariya talablariga rioya qilmoqda. Bu Bolgariyaning dam olish uchun xavfsiz joy ekanligi to‘g‘risidagi xulosani tasdiqlaydi", — dedi u.
Shuningdek, Bolgariya turizm vazirligi mamlakatda hordiq chiqarish vaqtida COVID-19 bilan og‘rigan turistlarning majburiy karantin davridagi ovqatlanish va yashash xarajatlari qoplab berilishini taklif qildi. Nikolovaning aytishicha, vazirlik bu masala bo‘yicha moliya vazirligi bilan muzokara olib bormoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 12,1 mingdan ortiq bo‘lib, 404 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
14:49 / 21.05.2025
O‘zbekiston delegatsiyasi Bolgariya prezidenti administratsiyasida uchrashuv o‘tkazdi
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025