Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri poliklinika, klinikalari va SES telefon raqamlari joylashtirilgan sayt ish boshladi
Koronavirusga qarshi kurash shtab a'zosi Barno Abdusamatova yangi tashkil etilgan zvoni.uz sayti haqida axborot berdi.
«Hozirgi vaqtda poliklinikalar, klinikalar va SES (sanitariya-epidemiologiya xizmatlar) telefon raqamlari bazasi kiritilgan zvoni.uz sayti yaratildi. Unda Toshkent shahridagi poliklinika, klinika va SESlarning ishlab turgan raqamlarini topishingiz mumkin», degan u.
Shuningdek, poliklinikalarda ambulator sharoitda (uyda) davolanayotgan bemorlarga xizmat ko‘rsatish uchun mobil guruhlar tashkil etilgan bo‘lib, ular pulsoksimetr, tonometr, fonendoskop, termometr va quyidagi dori vositalari bilan to‘liq ta'minlangan:
- Magniy sulfat 25 foiz-5,0
- Geparin 5000YeD
- Nitroglitserin (nitrosorbit)
- Korinfar
- Prednizalon (deksametazon)
- Drotaverin (no-shpa)
- Papaverin gidroxloridi 2 foiz-2,0
- Dibazol 1 foiz-2,0
- Korvalol (valokardin)
- Validol
- Shprits (2,0; 5,0; 10,0ml)
- Vata
- Spirt
- COVID-19 uchun maxsus dorilar jamlanmasi.
Mavzuga oid
10:18 / 22.05.2025
Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat to‘liq stavkada faoliyat yuritadi
10:56 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
11:40 / 22.02.2025
Oilaviy poliklinikalarda tibbiy xizmatlar pulli bo‘ladimi?
13:12 / 14.03.2024