Bayrutdagi portlash vaqtida 4,5 ballik yer silkinishi qayd etildi
Livan poytaxti Bayrutda yuz bergan portlash kuchli yer silkinishiga tenglashtirildi. Portlash hattoki 241 km uzoqlikda joylashgan Kipr poytaxtida ham sezilgan.

Foto: twitter.com/MailOnline
Iordaniyalik seysmologlar Bayrutdagi portlashni 4,5 ballik yer silkinishiga qiyoslashdi. Bu haqda Al Ghad nashri xabar berdi.
“Iordaniya energetika va ma'danli zaxiralar vazirligidagi seysmologik observatoriya Bayrut portidagi portlashni qayd qildi, u seysmik kuchi bo‘yicha Rixter shkalasi bo‘yicha 4,5 ballga teng bo‘lgan”, deyilgan xabarda.
Observatoriya rahbarining ta'kidlashicha, falokat vaqtida “ulkan hajmdagi energiya ajralgan”.
Cyprus Mail nashri ma'lumotlariga ko‘ra, portlash voqea joyidan 241 km uzoqlikda joylashgan Kipr poytaxti Nikosiyada ham eshitilgan va sezilgan.
Avvalroq Bayrut gubernatori shahardagi portlashni Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bomba tashlanishi vaqtidagi portlashga qiyoslagan.
Bayrut portida 4 avgustda kuchli portlash yuz berdi. Shahar gubernatori ma'lumotlariga ko‘ra, portlash oqibatida shahardagi binolarning yarmiga shikast yetgan, shifoxonalar esa ko‘p sonli jarohatlanganlar bilan to‘lib ketgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida 3,7 mingdan ko‘proq kishi jarohatlangan, 70 dan ko‘proq qurbon bor.
Livan bosh vaziri Hasan Diab mudofaa bo‘yicha oliy kengash yig‘ilishida portlashga portda 6 yil davomida saqlangan 2750 tonna ammiak selitrasi sabab bo‘lganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid

15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj

22:12 / 31.03.2025
Andijondagi masjidda ro‘y bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

20:57 / 31.03.2025
Andijondagi masjidda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan hukumat komissiyasi tuzildi

18:12 / 31.03.2025