Iker Kasilyas futbolchilik faoliyatini yakunladi
Ispaniyalik darvozabon Iker Kasilyas futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida ma'lum qildi

Ispaniyaning «Real» va Portugaliyaning «Portu» klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas «tvitter»dagi sahifasi orqali professional futbolchilik faoliyatini yakunlashini e'lon qildi.
«O‘ylaymanki, o‘tgan yillar davomidagi futbolchilik faoliyatimga faqat havas bilan qarash mumkin», - deya yozadi Iker.
Ispaniyalik 39 yoshli darvozabonning faoliyatini yakunlashi haqida 2019 yilning dekabr oyida xabar qilingan edi. Bungacha u «Portu» safidagi mashg‘ulotlar paytida yurak xurujini boshdan kechirgandi.
Joriy yil boshida Iker Kasilyas Ispaniya futbol federatsiyasi prezidentligi uchun saylovlarda o‘z nomzodini qo‘yishini ma'lum qilgan bo‘lsa-da, yakunda bu fikridan qaytgandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Kasilyas tez orada «Real»ga qaytib, klub prezidenti Florentino Peresga maslahatchi sifatida ish boshlaydi.
A legendary career for Iker Casillas 👏 pic.twitter.com/DwuKckUet8
— ESPN FC (@ESPNFC) August 4, 2020
- Kasilyas futbolchilik faoliyatining asosiy qismini Madridning «Real» klubida o‘tkazgan, 2015 yilda «Portu» safiga o‘tgandi.
- Kasilyas — futbol tarixidagi eng sovrindor darvozabonlardan biri hisoblanadi. Ispaniya terma jamoasi bilan u 2010 yilgi jahon chempionatida hamda ikki marta Yevropa chempionatida (2008 va 2012 yillar) g‘olib chiqqan. «Real» tarkibida Kasilyas uch marta Chempionlar ligasi g‘olibi va 5 marta Ispaniya chempionati chempioni bo‘lgan. «Portu» bilan esa ikki bor Portugaliya chempioniga aylangan.
- Kasilyas besh marta Xalqaro futbol federatsiyasi tarixi va statistikasi versiyasi bo‘yicha jahonning eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olingan. Bu rekord: italiyalik darvozabon Janluidji Buffonda ham shunday natija.
Mavzuga oid

16:18 / 10.08.2020
«Galaktikos emas, Mostoleslik». Ikersiz qolayotgan futbol

17:54 / 17.05.2019
Kasilyas infarktdan so‘ng faoliyatini yakunlaydigan bo‘ldi

21:00 / 01.05.2019
Kasilyas yurak xuruji bilan shifoxonaga yotqizildi. U faoliyatini yakunlashi mumkin

14:13 / 31.05.2018