Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Johnson & Johnson AQSh hukumatiga koronavirusga qarshi 1 mlrd dollarlik vaksina sotadi
Avvalroq Yevropaning Sanofi va GlaxoSmithKline farmatsevtika kompaniyalari AQSh hukumati bilan koronavirusga qarshi 100 mln doza vaksina yetkazib berish bo‘yicha qiymati 2,1 mlrd dollarlik shartnoma imzolaganini ma'lum qilgandi.
Amerikaning Johnson & Johnson kompaniyasi AQSh hukumati bilan vaksina sotuvi bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Kompaniyaning xabar qilishicha, AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dorilar sifatini sanitar nazorat qilish boshqarmasi preparatdan foydalanishni ma'qullaydigan bo‘lsa, AQShga 1 mlrd dollarlik 100 mln doza eksperimental vaksina yetkazib beradi.
Avvalroq Yevropaning Sanofi va GlaxoSmithKline farmatsevtika kompaniyalari AQSh hukumati bilan koronavirusga qarshi 100 mln doza vaksina yetkazib berish bo‘yicha qiymati 2,1 mlrd dollarlik shartnoma imzolaganini ma'lum qilgandi. Pfizer Inc. va BioNTech kompaniyalari ham 1,95 mlrd dollarlik shartnoma imzolagan.
Johnson & Johnson iyul oxiridan buyon o‘z vaksinasini odamlarda sinab ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
16:51 / 25.11.2024