O‘zbekistonda kunlik o‘lim ko‘rsatkichi aytildi
Statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda kuniga turli sabablar bilan 500-600 kishi vafot etadi.
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Rajabboy Isroilov mamlakatda umumiy o‘lim holatlarining kunlik ko‘rsatkichi haqida ma'lumot berdi.
«O‘zbekistonda statistika bo‘yicha bir kunda 500tadan 600tagacha o‘lim holati to‘g‘ri keladi. Bular orasida yosh bolalardan tortib qariyalargacha mavjud. Iyul oyida yozgi chilla bo‘lgani uchun bu statistika, o‘lim holati ko‘payishi mumkin.
Kasallik bor ekan, o‘lim ham bo‘lishi mumkin. Koronavirus tarqalishini chegaralash uchun barcha kasalxonalarda shu infeksiya va boshqa kasallikdan nobud bo‘lganlarni faqatgina respublika patologoanatomiya markazi orqali yuvib, deiznfeksiyalab berish yo‘lga qo‘yilgan edi. Bemor koronavirusdan vafot etgan bo‘lsa, tashkiliy usulda mozorga olib borilar, boshqa kasaldan vafot etgan bo‘lsa, qarindoshlariga berib, uni ham uyigacha kuzatib, o‘zining mahallasida dafn qilinar edi.
O‘lim holati bir joyda yig‘ilib qolmasligi uchun Toshkent shahridagi barcha kasalxonalarda patologoanatomiya bo‘limlarini tashkil qilib, mayitni o‘sha joydan qarindosh-urug‘larga berishni tashkil qilish rejalashtirilgan. Bu bo‘yicha ko‘rsatma tayyor, shu kunlarda yo‘lga qo‘yiladi», – dedi Rajabboy Isroilov 5 avgust kuni AOKAdagi brifingda.
Avvalroq Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Anvar Alimov koronavirusdan vafot etganlarning jasadini marhumning yaqinlariga berish tartibi o‘zgarishi mumkinligini aytgan edi.
Unga ko‘ra, bemor vafot etgandan keyin ikki soat o‘tgach, koronavirus jasadda o‘z kuchini yo‘qotadi. «Shu nuqtayi nazardan, jasad ikki soat saqlangandan keyin uni qarindoshlariga berib yuborishga ruxsat berish taklifi ilgari surilyapti», – degandi shtab a'zosi.
Mavzuga oid
17:35 / 25.10.2024
O‘zbekistonda tug‘ilish kamaydi, o‘limlar soni esa oshdi
14:45 / 18.07.2024
Rosstat birinchi marta tashqi sabablardan o‘lim haqidagi ma’lumotlarni yashirdi
10:44 / 17.04.2024
IIB xodimi IIV gospitalida vafot etdi. Marhumning yaqinlari shifokorlarni ayblamoqda
10:40 / 08.04.2024