Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp koronavirusga qarshi vaksina saylovga qadar tayyor bo‘lishi mumkinligini aytdi
Yevropaning Sanofi va GlaxoSmithKline farmatsevtika kompaniyalari AQSh hukumati bilan koronavirusga qarshi 100 mln doza vaksina yetkazib berish bo‘yicha qiymati 2,1 mlrd dollarlik shartnoma imzolagan.
AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusga qarshi vaksina 3 noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovga qadar paydo bo‘lishi mumkinligini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters.
AQSh prezidenti bu haqda jurnalist Geraldo Rivera bilan suhbat davomida aytgan. Jurnalistning vaksina haqidagi savoliga Tramp vaksina yil oxiriga emas, undan ertaroq paydo bo‘lishini aytgan.
Jurnalistning 3 noyabrdami, degan savoliga Tramp: «Undan avvalroq ham bo‘lishi mumkin, lekin umuman olganda, taxminan o‘sha vaqtda» deb javob qaytargan.
Ayni paytda Yevropaning Sanofi va GlaxoSmithKline farmatsevtika kompaniyalari AQSh hukumati bilan koronavirusga qarshi 100 mln doza vaksina yetkazib berish bo‘yicha qiymati 2,1 mlrd dollarlik shartnoma imzolagan. Bundan tashqari, Pfizer Inc. va BioNTech kompaniyalari 1,95 mlrd dollarlik, Johnson & Johnson 1 mlrd dollarlik shartnoma imzolagan.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
16:51 / 25.11.2024