O‘zbekiston | 17:55 / 07.08.2020
14497
1 daqiqa o‘qiladi

1-kurs talabalari uchun ham darslar masofaviy tarzda boshlanishi mumkin

OTMlarning ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun yangi o‘quv yili 2 sentyabrdan, masofaviy tarzda boshlanadi. O‘qishga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalar uchun darslar esa 1 oktyabrdan boshlanishi rejalashtirilgan.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomovning so‘zlariga ko‘ra, oktyabrga kelib epidemiologik vaziyat barqarorlashsa, OTMlarning barcha bosqichlardagi talabalari an'anaviy o‘quv rejimiga qaytishi mumkin.

«Agar epidemiologik shart-sharoit to‘g‘ri kelmaydigan bo‘lsa, u holda 1-kurslarni ham masofaviy ta'lim shakliga o‘tkazib, ta'limni boshlayveramiz», – dedi vazir o‘rinbosari 7 avgust kungi matbuot anjumanida.

Anjumanda kirish test sinovlari 2 sentyabrdan boshlab o‘tkazilishi va 2 hafta ichida yakunlanishi ma'lum qilindi.

Mavzuga oid